Главная » 2020 » Ноябрь » 3 » Yurakni "o‘ldiradigan" mahsulotlar nomi ma’lum bo‘ldi
12:30

Yurakni "o‘ldiradigan" mahsulotlar nomi ma’lum bo‘ldi


Biz iste’mol qiladigan ovqatlar ba’zi hollarda surunkali yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Tadqiqot Journal of American College of Cardiologyda chop etilgan.

Mutaxassislar qizil va qayta ishlangan go‘sht, tozalangan don va shakarli ichimliklar tanada yallig‘lanishni keltirib chiqarishini aniqladilar. Natijada qon tomir va yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortadi.

Yallig‘lanish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini tizimli iste’mol qilish bilan yurak xastaligi xavfi 46 foizga, qon tomirlari kasalligi ehtimoli esa 28 foizga oshadi.

Garvard jamoat salomatligi maktabi doktor Jun Li boshchiligidagi tadqiqotchilar qondagi yallig‘lanish biomarkerlari miqdorini hisoblash asosida yallig‘lanishli ovqatlanish indeksini tuzdilar.

Xatarlarni kamaytirish uchun mutaxassislar diyetada ko‘proq antioksidant va tolani iste’mol qilishni maslahat berishadi. Ular karam, ismaloq kabi yashil bargli sabzavotlarda uchraydi. Bundan tashqari, oshqovoq, sariq qalampir, loviya, sabzi, qahva, choy va sharob foydali ekanligi ta’kidlandi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Yurakni, o‘ldiradigan, nomi ma’lum bo‘ldi, mahsulotlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя