Главная » 2021 » Июнь » 27 » Yurgen Gyode O‘zbekistonga qaytishi mumkin — OAV
16:42

Yurgen Gyode O‘zbekistonga qaytishi mumkin — OAV


2003-04-yillarda O‘zbekiston milliy jamoasida avvaliga bosh murabbiy yordamchisi, keyinchalik bosh murabbiy bo‘lib ishlagan germaniyalik Hans-Yurgen Gyode O‘zbekistonga qaytishi mumkin. Bu haqda Tribuna.uz  xabar berdi. 

U ayni damda Vetnam milliy jamoasida texnik direktor bo‘lib ishlamoqda. Mutaxassis 2016- yildan buyon Vetnamning turli yosh toifasidagi jamoalarida texnik direktor bo‘lib ishlab keladi va mamlakat futboli rivojida uning o‘rni katta ekanini aytiladi.

Gyode O‘zbekistonga ham texnik direktor bo‘lib kelishi mumkin. Ya’ni, u O‘FA qoshidagi terma jamoalar markazini boshqarishi mumkin. Tribuna.uz manbasiga ko‘ra Gyode O‘zbekistonga qaytish variantiga qiziqish bildirgan va o‘zi bilan milliy jamoaga bosh murabbiy sifatida germaniyalik murabbiy olib borishi mumkinligini aytgan. Hozircha tomonlar kelishuvga erishmagan va tez orada milliy jamoaga bosh murabbiy tayinlanishi inobatga olinsa, bu borada yangilik kutish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilgi Jahon Chempionati saralashidagi muvaffaqiyatsizlik ortidan Vadim Abramov iste’foga chiqarildi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: O‘zbekistonga, OAV, Yurgen Gyode | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя