Главная » 2021 » Октябрь » 27 » Yurgen Kloppni olib kelish uchun “Barselona” istalgan summani to‘lashga tayyor
21:46

Yurgen Kloppni olib kelish uchun “Barselona” istalgan summani to‘lashga tayyor


“Barselona” klubi keyingi mavsum bosh murabbiy o‘rindig‘ida o‘zgarishga qo‘l urmoqchi.

“Sport.es” nashri xabariga ko‘ra, klub rahbariyati mavsum yakunigacha jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanga ishonch bildirib, yozda uning o‘rniga “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Kloppni taklif etmoqchi. Niderlandiyalik murabbiyning amaldagi shartnomasi 2022-yilning yozida o‘z yakuniga yetadi.

Qayd etilishicha, Joan Laporta joriy yilgi mavsumni o‘tish davri deb hisoblamoqda va Kuman qo‘l ostidagi jamoa sovrinlar uchun kurasha olmasa ham, mavsum yakuniga qadar bosh murabbiy o‘zgartirilmaydi. Ungacha Kataloniya klubi Yurgen Kloppni Ispaniyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi. Bu uchun ular har qancha summa to‘lashga ham tayyorligi ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, “ko‘k-anorranglilar” La Liga 9-turidan keyin turnir jadvalida 15 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: barselona, Yurgen Kloppni, istalgan, summa | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя