Главная » 2020 » Декабрь » 23 » Yurtimizda ikki kishi sovuqdan halok bo‘ldi
23:13

Yurtimizda ikki kishi sovuqdan halok bo‘ldi


Joriy yilning 6-dekabr kuni bedarak yo‘qolgani uchun qidiruvga berilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumani «Sarishingul» ovul fuqarolar yig‘ini hududida yashagan, 1991-yilda tug‘ilgan N.R.ning tashqi ko‘rinishidan jarohatsiz jasadi «Kulab» ovul fuqarolar yig‘ini hududidan topilgan, deya xabar berdi «Postda.uz».

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, u «tananing umumiy sovuqqotishi»dan halok bo‘lganligi aniqlangan.

Xuddi shunday holat Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida ham yuz berdi. Shu yil 17-dekabrdagi ma’lumotga ko‘ra, «Farovon Yo‘ldoshobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Agrosanoat» MChJga tegishli dala maydonidan Osiyo millatiga mansub, 30-35 yoshlardagi noma’lum erkak kishining tashqi ko‘rinishidan jarohatsiz jasadi topilgan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, u «tananing umumiy sovuqqotishi»dan o‘lganligi aniqlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida jasadning shaxsi aniqlangan. U Narpay tumanida yashagan, 1990-yilda tug‘ilgan N.V. ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Ayni paytda har ikki holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Sovuqdan, halok bo‘ldi, Yurtimizda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя