Главная » 2020 » Май » 13 » Yurtimizda koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz beradimi?
14:16

Yurtimizda koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz beradimi?


Dunyodagi ko‘p davlatlarda virusga chalinishning ikkinchi to‘lqini boshlangani haqida xabarlar tarqalyapti. Bizda ham shunday holat bo‘lishi mumkinmi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov bu savolga shunday javob qaytardi:

"Biz chet ellik xabkasabalarimiz bilan deyarli har kuni aloqada bo‘lib, tajriba almashib turibmiz. Hozirgi kunda ikkinchi to‘lqin haqida axborotlar yo‘q.

Xitoyning ayrim shaharlari koronavirusdan xoli deb e’lon kilingandan so‘ng yana virusga chalingan bemorlar aniqlangan. Lekin bu — ikkinchi to‘lqin emas.

Dunyo olimlari fikriga ko‘ra, koronavirusning bungacha bo‘lgan boshqa turlari kabi COVID-19 ham ikkinchi to‘lqin berishi mumkin, ammo bu jarayon, ularning fikricha, kuzning oxiri — qishning boshida bo‘lish ehtimoli bor. Lekin bu faqat taxmin.

Ikkinchi to‘lqin bo‘lsa ham, insoniyat uning kelishiga tayergarlik darajasi birinchi to‘lqinga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi aniq".


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yuz beradimi, Yurtimizda, ikkinchi to‘lqini, koronavirusning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя