Главная » 2021 » Сентябрь » 2 » Yurtimizga koronavirusning yangi shtammlariga chidamli yagona preparat olib kelindi
20:32

Yurtimizga koronavirusning yangi shtammlariga chidamli yagona preparat olib kelindi


Bundan biroz muddat avval Germaniya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami tariqasida 10 ming doza Casirivimab/Imdevimab kombinatsiyalangan preparatini yuborishi haqida xabar bergan edik.

Hozirgina Toshkent Xalqaro aeroportida ushbu dori vositasi qadoqlarini qabul qilib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Casirivimab/Imdevimab (Shveysariyaning «Roche» farmatsevtika kompaniyasidan) COVID-19 ga qarshi sun’iy «antitanachalar kokteyl»i bo‘lib, hozirda preparat virusning yangi shtammlariga chidamli yagona preparat hisoblanadi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, preparat kasalxonaga yotqizish va koronavirusdan o‘lim darajasini 70 foizga kamaytirgani va kasallik alomatlarining davomiyligini 14 kundan 10 kungacha qisqartirgani aytilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Yagona, chidamli, koronavirusning, preparat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя