Главная » 2020 » Апрель » 29 » Yuzalarni viruslarga qarshi zararsizlantirishdagi bosh xato ma'lum qilindi
21:13

Yuzalarni viruslarga qarshi zararsizlantirishdagi bosh xato ma'lum qilindi


Yuzalarni zararsizlantirish koronavirusga qarshi kurashdagi eng samarali choralardan biri hisoblanadi. Biroq ko‘pchilik odamlar bu jarayonni noto‘g‘ri amalga oshiradilar.

Bu haqda biologik zararsizlantirish bo‘yicha avstraliyalik mutaxassis Kori Chalmers so'zlab berdi.

Uning ta'kidlashicha, viruslarni yo‘qotishda eng yuqori samara yuzani tozalash va so‘ngra uni zararsizlantirishda erishiladi. Bu tushunchalar yanglish tarzda bir sinonim deb tushuniladi. Vaholanki, tozalash sovunlangan latta bilan, zararsizlantirish esa maxsus vositalar bilan ishlov berishni nazarda tutadi.

“Iflos yuzalar mikroblar bilan qoplangan bo‘ladi. Ular bioplyonka hosil qiladi. Bu bioplyonka zararsizlantiruvchi aralashmalarning kirishiga to‘sqinlik qiladi. Ya'ni dastlab mikroblar qatlamini yo‘qotish lozim. Buni oddiy sovun yaxshi uddalay oladi. So‘ngra kimyoviy vosita yuzada qolgan barcha viruslar va bakteriyalarni samarali yo‘q qila oladi”, deb keltirib o‘tgan mutaxassisning so‘zlarini Business Insider nashri.

Chalmersning ta'kidlashicha, eng yaxshi natijaga erishish uchun sovunlangan lattani to‘rt qilib buklash va muayyan yuzani tozalagandan keyin boshqa tomoniga o‘girish lozim. Bir latta bilan uydagi barcha buyumlarni artish tavsiya etilmaydi – bu aksincha mikroblar tarqalishiga yordam beradi. Matoni har qo‘llagandan keyin yaxshilab chayish yoki qalin qog‘oz sochiqlardan foydalanish lozim.

Yuza tozalangandan keyin uning ortidan beriladigan zararsizlantiruvchi vosita darhol artib tashlanmasligi kerak. Mutaxassisning aytishicha, bunday tarkibni viruslar to‘liq zararsizlanishi uchun o‘rtacha 10 daqiqa ushlab turish lozim.

Tadqiqotlarga ko‘ra, koronavirus turli yuzalarda 7 kungacha saqlanib qolishi mumkin. Misol uchun, virus qog‘oz va tangalarda 3-4 soat, yog‘och, mato va metall yuzalarda 2-3 kun, oyna va banknotalarda 4 kun yashashi mumkin. Virusning saqlanib qolishi uzoqligi xonadagi harorat va namlikka ham bog‘liq.


Manba: "kun.uz"
| Теги: zararsizlantirishdagi, Xato, viruslarga qarshi, ma'lum qilindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя