Главная » 2021 » Август » 27 » «Zamministrning ikkinchi xotini» yana qo‘lga tushdi
20:47

«Zamministrning ikkinchi xotini» yana qo‘lga tushdi


Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini vazir o‘rinbosarining ikkinchi xotini deya tanishtirgan va YPX xodimlari bilan talashgan ayol videosi keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Ushbu holatdan keyin o‘sha ayol (M.E.) joriy yilning 27 avgust kuni ijtimoiy tarmoqda avtomobil boshqaruvi vaqtida qo‘l telefondan foydalangan holda video tarqatdi. Unda avvalgi video orqali juda tez mashhurlikka erishganini bildiradi. Bu video ham rulda telefondan foydalanilgani sabab keng jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, fuqaro, 1996 yilda tug‘ilgan M.E. haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmasdan avtomobil boshqarganligi, boshqaruv vaqtida telefondan foydalanganligi bo‘yicha Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX xodimi Yu.Saydaliyev tomonidan bayonnoma tuzilib, «Neksiya-3» rusumli, 01 X743DB davlat raqam belgili avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qo‘lga tushdi, Zamministrning, ikkinchi xotini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя