Главная » 2020 » Октябрь » 19 » Zangiotadagi shifoxonada mayitlar muammosiga oydinlik kiritildi
21:29

Zangiotadagi shifoxonada mayitlar muammosiga oydinlik kiritildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida vafot etganlarning jasadi berilishini qarindoshlari muassasa eshigi oldida uzoq vaqt kutib qolayotgani to‘g‘risida video va matnli axborotlar tarqalmoqda. Ushbu holat bo‘yicha Respublika patologik anatomiya markazi direktori, SSV bosh patologoanatomi, professor Rajabboy Israilov quyidagicha izoh beradi:

— Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida joriy yilning 1-avgust kunidan boshlab patologik anatomiya bo‘limi faoliyati tashkil etildi. Endilikda, ortiqcha ovoragarchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shifoxonada vafot etganlarning mayitini qarindoshlari ushbu bo‘limdan olib ketishlari mumkin. Bundan avval mayit Respublika patologik anatomiya markaziga olib borilardi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 28-martdagi «Koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan yoki gumon qilinib, vafot etgan bemorlar jasadini dafn etishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha vaqtincha qoidalar»ga asosan, o‘lim sodir bo‘lgan bo‘limda 2 soat saqlanib, shundan so‘nggina patologik anatomiya bo‘limiga olib kelinadi. Keyin murda ro‘yxatdan o‘tkazilib, 3 foizli xlorli eritmada zararsizlantiriladi, murdaning diniy e’tiqodiga ko‘ra, yuvilib (kafanlanib yoki kiyintirib) qarindoshlariga topshiriladi. Tabiiyki, bu amaliyotlar o‘tkazilishi uchun o‘rtacha 3-4 soat vaqt talab etiladi. Bu vaqtda qarindoshlar muassasa eshigi tagida kutib qolmoqda.

Shuningdek, tarqatilayotgan video, matnli xabarlarda «Koronavirusdan vafot etgan murdalarni olib ketishda navbat kutuvchilar shuncha bo‘lsa, ularning sonini statistika nega kam beryapti?» degan mulohaza ham mavjud.

Patologik anatomiya bo‘limi eshigi oldida kutib turgan odamlar ko‘pligining sababi aslida bir nafar murdani olib ketish uchun kamida 4 nafar qarindoshi keladi, bu esa o‘z-o‘zidan fuqarolarning vahimaga tushishiga sababchi bo‘lmoqda. Qayd etish joizki, statistika ma’lumotlarini soxtalashtirishdan hech kim manfaatdor emas.

Ma’lumki, Zangiota tumanidagi yuqumlik asalliklar shifoxonasida nafaqat koronavirus bilan kasallanganlar, balki boshqa turdagi o‘tkir infeksiya va pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlar ham davolanmoqda. Koronavirusdan vafot etganlar statistikasida faqat «COVID-19» diagnozi virusologik tekshiruvda tasdiqlanganlar soni beriladi, lekin bu shifoxonada pnevmoniya va boshqa infeksion kasalliklardan ham vafot etayotganlar bor. Tabiiyki, ular koronavirus statistikasiga kiritilmaydi.

Shuningdek, ushbu shifoxonadagi patologoanatomik bo‘limi yanada takomillashtirilib, kechki navbatchilikni ham tashkil qilish va tungi vaqtlarda mayitni qarindoshlariga topshirish imkonini yaratish rejalashtirilmoqda.

Zangiota shifoxonasi atrofida tobut tashiydigan mashinalar narxlarni 700 mingdan boshlab ko‘tarib yuborgan» degan xabarlarga esa, quyidagicha izoh berish mumkin. Jasadlarni yetkazib berish Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika patologik anatomiya markazi zimmasida emas. Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi darvozasi oldida dafn etish marosimini tashkil qiluvchi xususiy tashkilotlar jasadni tashib berishni taklif qilishmoqda. Ularning o‘z xizmatlari uchun belgilagan narxlarini nazorat qilish Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika patologik anatomiya markazi vakolatiga kirmaydi, — deydi Rajabboy Israilov.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mayitlar, muammosiga, kiritildi, shifoxonada, oydinlik, Zangiotadagi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя