Главная » 2020 » Октябрь » 12 » Zangiotadagi shifoxonada “svet” o‘chib, 300 dan ortiq bemor o‘lgani rostmi? Vazirliklar izoh berdi
21:47

Zangiotadagi shifoxonada “svet” o‘chib, 300 dan ortiq bemor o‘lgani rostmi? Vazirliklar izoh berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida elektr ta’minoti uzilib qolgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Jurnalist Xurshid Daliyevning Twitter sahifasidagi postida Covid markazida ahvol yomonlashib, kislorod konsentratoriga ulangan bemorlarning ko‘pchiligi vafot etgani aytilgan.

Mazkur xabarlar qanchalik haqiqatga yaqinligini o‘rganish uchun QALAMPIR.UZ muxbiri Sog‘liqni saqlash va Energetika vazirliklari Matbuot kotiblari bilan bog‘landi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Matbuot kotibi Furqat Sanayev bu ma’lumot haqiqatga umuman to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.

“Bunday voqea bo‘lmagan. Kecha Zangiotadagi shifoxonada elektr energiyasi uzilmagan. Kasalxonada birorta ham o‘lim qayd etilmagan. Barcha shifokorlar koronavirus bilan kurashga jalb qilingan bir vaqtda bunday bo‘lishi aqlga sig‘maydi”, dedi SSV vakili.

O‘z navbatida, Energetika vazirligi Matbuot kotibi Sabina Sagadeyeva ham Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi elektr energiyasi ta’minotidan uzilib qolganini rad qildi. Vazirlik tez orada bu bo‘yicha rasmiy munosabat bildirishini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxona joriy yilning 6 iyulidan bemorlarni qabul qila boshlagan. Shifoxona yangi va zamonaviy talablarga moslab qurilgan. Tibbiyot muassasasida elektr energiyasidagi uzilishlarni inobatga oligan holda generatorlar ham o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: shifoxonada, izoh berdi, Zangiotadagi, Vazirliklar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя