Главная » 2020 » Январь » 18 » Zarafshonlik erkak haqorat sababli o‘z tanishini yoqib yubordi
08:57

Zarafshonlik erkak haqorat sababli o‘z tanishini yoqib yubordi


Navoiy viloyati Zarafshon shahrida 31 yoshli erkak uni haqorat qilgan tanishining ustiga benzin sepib, yoqib yubordi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 15-yanvar, chorshanba kuni soat 22:00 da Zarafshon shahrida joylashgan savdo do‘konida 1989-yilda tug‘ilgan S.J. va O‘.T. oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilayotganda, ularning tanishi, 1983-yilda tug‘ilgan N.I. mast holatda do‘konga kirib kelgan. N.I. do‘konda bo‘lgan O‘.T. bilan o‘zaro janjallashgan va S.J.ni haqorat qilgan.

Shundan so‘ng S.J. O‘.T.ning boshqaruvida bo‘lgan “UAZ” rusumli avtomashinada aholi uylaridan 300 metr uzoqlikdagi cho‘l hududiga N.I.ni olib brogan. S.J. mast tanishini mashinadan tushirib, mashina salonidagi yelim idishda bo‘lgan benzinni uning ustiga sepgan hamda gugurt bilan yoqib yuborgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu holatni ko‘rgan O‘.T. egnidagi kurtkasini yechib N.I.ning ustiga tashlagan va olovni o‘chirgan.

Mazkur holat yuzasidan 16-yanvar, payshanba kuni Zarafshon shahar prokuraturasi tomonidan S.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 orqali 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя