Главная » 2021 » Июль » 21 » Zarifboy Ibodullayevning videomurojaatiga javob qaytarildi
12:22

Zarifboy Ibodullayevning videomurojaatiga javob qaytarildi


Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhkamalarga sabab bo‘layotgan professor Ibodullayev Zarifboyning videomurojaati yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov «O‘zbekiston 24» telekanali orqali uzatilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda munosabat bildirdi.

«Bugun ochig‘ini aytishimiz kerak, ijtimoiy tarmoqlarda vaksinalarning umuman ijobiy ta’siridan ko‘ra salbiy ta’sirini yoqlab chiqadigan, teskari ta’sirini ommaga tushuntirishga urinayotgan kimsalar paydo bo‘lyaptiki, bugungi kunda vaksinalar juda muhim, kerakli bir paytda, bu odamlarni fikrini, dunyoqarashini o‘zgartirishga ham olib kelyapti. E’tibor beraylik, O‘zbekiston-Xitoy vaksinasini oladigan bo‘lsak, mana shu vaksina bo‘yicha bugun turli xil mish-mishlar, yolg‘on gap-so‘zlar, bo‘htonlar paydo bo‘lmoqda», dedi u.

Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozir O‘zbekiston 5 mln.dan ko‘proq vaksinani ishlatdi. Ishlatilgan vaksinaning 4 mln. dozadan ko‘prog‘i O‘zbekiston-Xitoy hamkorligidagi ishlab chiqarilgan vaksina. Hammasi bo‘lib respublikaga 8 mln.dan ko‘proq doza vaksina olib kelindi.

«7,5 mln. dozasi O‘zbekiston-Xitoy vaksinasi, 370 ming dozasi «Sputnik V» vaksinasi, 710 ming dozasi AstraZeneca vaksinasi. O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalarning hammasi bir xil vaksina – rekombinat oqsil asosida tayyorlangan vaksinalar. Demak, O‘zbekiston hududida qo‘llanilayotgan vaksinalar bu ham xavfsizlik, ham sifat nuqtai nazaridan to‘liq talablarga javob beradigan vaksina.

Vaksina samarasi, uni qo‘llash haqida fikrlarga keladigan bo‘lsak, ming afsuski hozirgi paytda epidemiologiya, viruslogiya, immunalogiya, yuqumli kasalliklar sohalaridan uzoq sohada ishlaydigan odamlar nimagadur bu ish bilan mashg‘ul bo‘lishga odat qildi. Keyingi paytlarda hatto tibbiyot xodimlari ichida, tibbiyot xodimlari orasida vaksinalarni qoralab chiqish, bunga esa asos sifatida vaksinalarga shubha bilan qarash, oldinga bir fikr surayotganlar bor.Bilasizmi, bir narsaga aniqlik kiritadigan paytimiz keldi, balkim biz u darajada urg‘u bermaganligimiz uchun ham keyingi paytlarda bu kabi gaplarni paydo bo‘lishiga asos qolgan», – dedi Nurmat Otabekov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili kasallik avjiga chiqqan paytda O‘zbekiston va Xitoy hamkorlikni boshladi. XXR Fan akademiyasiga qarashli mikrobioligiya instituti olimlari bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari hamkorlikda ishlarni boshladi.

«Albatta bu ishlarni har bittasida teg negizida vaksinani yaratish bo‘ldi. Oxir-oqibat mana shu hamkorlikda tayyorlangan vaksina O‘zbekiston hududiga olib kelinib va O‘zbekiston hududida 7 mingdan ko‘proq odamda klinik sinovlari o‘tkazilgan paytda ham xitoylik 8 nafar ekspert 4 oy mobaynida O‘zbekistonda bo‘ldi va sinov jarayonlarida ishtirok etdi. Har bir emlangan odam haqida ular ma’lumotga ega bo‘ldi.

Vaksinalarni amaliyotga kiritishdan avval bu qo‘ngillilarda sinab ko‘riladi. O‘zbekistonda sinalgan 7 ming vaksinani 3,5 minggi, ya’ni teng yarmi - bu platsebo. Platsebo - degani u aynan vaksina emas, lekin sinov jarayonida samarani baholash uchun shunday usul qo‘llaniladi. Qo‘llanish natijasida vaksinaning samaradorligi 97,2 % deb hisoblandi», – qayd etdi Nurmat Otabekov.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Zarifboy Ibodullayev, videomurojaat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя