Главная » 2020 » Июнь » 1 » Zarina Nizomiddinova ikkinchi marta ona bo‘ldi (FOTO)
18:34

Zarina Nizomiddinova ikkinchi marta ona bo‘ldi (FOTO)


Aktrisa Moskvada yana bir farzandni dunyoga keltirganini ma’lum qildi.

«Assalomu alaykum, sahifamning men uchun qadrli bo‘lgan a’zolari! Kecha o‘zim to‘g‘rimda, Rossiya kinematografini zabt etish uchun sevimli vatanim — O‘zbekistonni tark etdi, degan xabar eshitdim. Albatta, kasbimizdagi yangi marralar va yutuqlarni niyat qilamiz, yaxshi niyat — yarim mol, lekin ayni vaqtda men bundan-da, muhimroq loyiha ustida ishlayapman. Men ikkinchi bor ona bo‘ldim va ushbu kasbni yana boshidan o‘zlashtiryapman. Yaqin kunlarda bor iste’dodim va mahoratimni kichkintoy pahlavonimni parvarishi uchun bag‘ishlayman. Axir, eng mas’uliyatli va murakkab kasb — onalik kasbi, deb bekorga aytishmagan! Alloh barcha onalarni o‘z panohida asrasin!», — deb yozadi aktrisa.

Ma’lumot uchun, Zarina Nizomiddinovaning birinchi turmushidan Temurxon ismli o‘g‘li bor.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: ona bo‘ldi, zarina nizomiddinova, (Foto) | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя