Главная » 2020 » Октябрь » 26 » Zarina Nizomiddinova Moskvada nima ish qilayotgani hamda turmush o‘rtog‘i haqidagi savollarga javob berdi
20:34

Zarina Nizomiddinova Moskvada nima ish qilayotgani hamda turmush o‘rtog‘i haqidagi savollarga javob berdi


Aktrisa Zarina Nizomiddinova Instagram sahifasi orqali ko‘pchilik muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.

“Agar sir bo‘lmasa, Moskvada nima ish qilasiz?” degan savolga Zarina quyidagicha javob berdi:

“Sir emas. Hozir g‘amxo‘r ona rolidaman va farzandlarimga mehr, e’tiborimni 100 foiz berishga harakat qilyapman. Ijodni hozircha uyda davom ettiryapman”.

Zarinaning aytishicha, ikkinchi homiladorlik unda qiyin kechgan. “Oxirgi oylarigacha toksikoz qiynadi. Farzandimni tabiiy yo‘l bilan o‘zim dunyoga keltirdim, alhamdulillah”, — deydi aktrisa.

“Farzandingizga enaga qaraydimi?” degan savolga Zarina quyidagicha javob berdi:

“Virus tufayli enaga yollashga qo‘rqyapman, o‘g‘lim begona insonga qarashga berish uchun hali juda kichkina. O‘zim bir amallayapman”.

“Kinodan ketdingizmi? O‘zbek kinosini kuzatib turasizmi?” qabilidagi savollarga Zarina shunday javob beradi:

“Yo‘q, albatta, buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi. Oldindan bir narsa aytib bo‘lmaydi. O‘zbek kino va seriallarini umuman ko‘rmay qo‘yganman, oxirgi ko‘rganim ‘Qadam’ seriali bo‘ldi. Menga yoqdi”, — deydi aktrisa.

Aktrisaning aytishicha, u kimligini sir saqlayotgan turmush o‘rtog‘i o‘zbek millatiga mansub. Kichik o‘g‘li Said Umarning yuzini ko‘rsatishni aynan turmush o‘rtog‘i istamaydi. “Hali juda kichkina, deydilar”, — deb yozadi Zarina.

Zarina Nizomiddinovaga “Stories” orqali amalga oshirilgan muloqot chog‘ida eng ko‘p “Bolangizning otasi kim?” degan savol berilgan. U hammaga birdek “Bolamning otasi—zo‘r inson”, — deb javob berdi.

Muxlislaridan biri aktrisaga “Zapretingiz qachon ochiladi?. Ancha payt dam olasiz, menimcha, lekin o‘sha yoq tinch, ta’minot bor-ku”, — deya murojaat qildi.

“‘Zapret’ga tushganimda bilamiz buyog‘ini. Hozircha ‘zapret’da emasman. Sabab ham yo‘q ‘zapret’da bo‘lishimga”, — deydi aktrisa.

Aktrisa yangi iPhone 12 sotib olmasligi, qiziqish qolmaganini ma’lum qildi.

“Buyog‘iga Moskvada yashaysizmi yoki Toshkentga qaytasizmi?” deb savol berdi Zarinaga muxlislaridan biri.

“Ko‘ramiz, men oldindan ayta olmayman, kelajakda bizni nima kutayotganini bilmaymiz, axir”, — deydi aktrisa.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: zarina nizomiddinova, Moskvada, javob berdi, turmush o‘rtog‘i, savollarga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя