Главная » 2017 » Февраль » 20 » Zarina Nizomiddinova: “O‘g‘limning otasi bilan gaplashmaymiz”
18:45

Zarina Nizomiddinova: “O‘g‘limning otasi bilan gaplashmaymiz”


Aktrisa Zarina Nizomiddinova jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda Facebook orqali jonli suhbatda muxlislarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi.

Xususan, Zarina erta turmush qurganidan afsuslanmasligini aytadi:

—Yoshlik payti odam o‘ylamasdan qaror qabul qilar ekan. Nimagadir, men yosh turmush qruishga qaror qildim. Lekin bundan afsuslanmayman. Yaxshi tomoni, judayam yosh ona bo‘ldim. 19 yoshda farzand ko‘rdim. Hozir mana 8 yoshli o‘g‘lim bor. Maktabning 3-sinfida o‘qiydi. Xatolarimdan afsuslanmayman.

“Birinchi turmush o‘rtog‘im meni ‘Romeo va Juletta’ filmidagi obrazimni ko‘rib yoqtirib qolgan. O‘g‘lim otasi haqida umuman so‘ramaydi. Chunki, uni deyarli ko‘rmagan. Otasi ham hech qachon qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘lining holidan xabar olmaydi. Sababini bilmayman. Biz o‘g‘limning otasi bilan gaplashmaymiz. Ajrashganimizdan beri. U oilasini saqlab qolishga harakat qilgan. Lekin birga yashab ketishga mening ko‘zim yetmagan. Bo‘lmaydigan narsani bo‘lmagani yaxshi”,—deydi Zarina sobiq turmush o‘rtog‘i haqidagi savollarga javob berar ekan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: zarina nizomiddinova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя