Главная » 2016 » Ноябрь » 22 » Zebo Navro‘zova Asal Shodiyeva ijodini davom ettirishi uchun Shohruhxonni ko‘ndirmoqda
08:09

Zebo Navro‘zova Asal Shodiyeva ijodini davom ettirishi uchun Shohruhxonni ko‘ndirmoqda


Rejissyor Zebo Navro‘zova kelini, aktrisa Asal Shodiyeva bilan birga “Darakchi”ga intervyu berdi. Intervyu davomida Asal Shodiyeva turmush o‘rtog‘i Shohruhxonning o‘z ijodiga munosabati haqida aytib o‘tdi. 

“Bilasizmi, to‘ydan keyin ijod qilishimga rozi bo‘lmadilar. Oila qurgandan keyin kelin uy ishlari, oila bilan band bo‘lishi kerak dedilar. Biroq Zebo opa mening yonimni olib, ishlashimga ruxsat olib beryaptilar. Shohrux aka hali aniq qaror aytmadilaru, biroq, oyijonimiz ko‘maklarida fotosessiya, kichikroq  loyihalarda ishtirok etib kelyapmiz. (Zebo opaga yuzlanib) Buning uchun sizga rahmat” — deydi Asal Shodiyeva. 

Zebo Navro‘zovaning ma’lum qilishicha, Asalni rolga taklif qilgan har bir rejissyor birinchi o‘rinda u va Shohruhxonning oldidan o‘tadi. Ssenariylarni ham birinchi Zebo Navro‘zova va Shohruhxon o‘qib ko‘radi. 

“Bu Asalga ishonmaymiz degani emas. Kelinim ham rollarni chertib- chertib tanlashiga ishonaman”,—deydi Zebo Navro‘zova.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Asal Shodiyeva, Shohruhxon, Zebo Navro‘zova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя