Главная » 2017 » Март » 20 » Ziyoda ikkinchi farzandiga qanday ism qo‘ydi?
17:15

Ziyoda ikkinchi farzandiga qanday ism qo‘ydi?


Xonanda Ziyoda 11 mart kuni ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 2012 yilda oila qurgan Ziyodaning kenja farzandi ham o‘g‘il.

Xalqimiz to‘y-tantanani sevadi. Oilada tug‘ilgan yangi chaqaloqni tug‘ruqxonadan olib chiqish ham alohida marosim. 18 mart kuni Ziyoda ikkinchi farzandi bilan tug‘ruqxonadan chiqdi.

Shu kunlarda barchani qiziqtirayotgan savolga ham javob oldik. Xonanda Ziyoda turmush o‘rtog‘i bilan kelishgan holda, kenja farzandiga yaxshi niyatlar bilan Imron deb ism qo‘ydi. To‘ng‘ich farzandining ismi Kamron.

Xonandaning tug‘ruqxonadan uyga ketish jarayonidan olingan eksklyuziv fotosuratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Barhayotlik, obodlik degan ma’nolarni anglatuvchi Imronning qadami Ziyoda xonadoniga qutlug‘ kelib, umri uzoq bo‘lsin.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: qo‘ydi, qanday, ikkinchi farzand, Ziyoda, ISM | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя