Главная » 2020 » Декабрь » 24 » Zoopark rahbariga «ish» ochildi – Bosh prokuratura
20:14

Zoopark rahbariga «ish» ochildi – Bosh prokuratura


«Mehr va oqibat» hayvonlarni muhofaza qilish jamiyatining Navoiydagi hayvonot bog‘ida («Feruz Umid» MChJga tegishli) qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligidan yuzasidan qilgan murojaati ko‘rib chiqildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan joriy yilning 22 noyabr hayvonot bog‘ida o‘rganish o‘tkazilib, qush va hayvonlarni saqlash sharoitlarida kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan.

Murojaatni ko‘rib chiqish davomida, yovvoyi hayvonlar (bir bosh bo‘ri, jayra, qirg‘ovul, qora tasqara, burgut, ukki, kal jurchi, qamish mushuklar) mazkur maskanda ruxsatnomasiz saqlanib, O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni talablari buzilganligi aniqlandi.

 Holat bo‘yicha viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan MChJ rahbariga MJtKning 90-moddasi (hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atildi hamda to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun shahar ma’muriy sudiga yuborildi.

Shuningdek,  ruxsatnomasiz saqlanayotgan hayvonlar «Toshkent hayvonot bog‘i» MChJ mutaxassislari ishtirokida vaqtincha saqlash uchun poytaxdagi hayvonot bog‘iga yuborildi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bosh Prokuratura, rahbariga, ochildi, Zoopark | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя