Главная » 2020 » Сентябрь » 15 » Zuhro sayyorasida hayot izlari topildi
12:42

Zuhro sayyorasida hayot izlari topildi


Zuhro sayyorasi – Venera atmosferasining yuqori qatlamlarida fosfin gazi izlari topildi. Ushbu gaz ba'zi tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladi. Bu haqda nature astronomy xabar berdi. 

Zuhro atmosferasida fosfin borligi Kardiff universiteti (Britaniya) va Massachusets texnologik universiteti (AQSh) olimlari tomonidan Gavayidagi Jyeyms Klark Maksvell teleskopi va Chilidagi Atakam radioteleskoplar tizimi yordamida kashf qilindi. 

NASA agentligi direktori Jim Braydenstayn ushbu hodisaga izoh berib, Zuhroga ko‘proq e'tibor qaratish vaqti kelganini aytgan. 

“Anaerob biologiya ikkilamchi mahsuloti bo‘lgan fosfinning topilishi Yerdan tashqarida hayot borligi isbotlarini topishdagi eng muhim hodisa hisoblanadi”, deb yozgan Braydenstayn tvitterda.

Fosfin rangsiz, o‘ta zaharli gaz bo‘lib, Yerda uni anaerob, ya'ni kislorod mavjudligini talab etmaydigan mikroorganizmlar ishlab chiqaradi. 2019 yilda ekzosayyoralar atmosferasida fosfinni izlashni ularda hayot borligini anglatuvchi belgi etib belgilash taklif qilingan.

Zuhro Quyoshdan ikkinchi sayyora bo‘lib, U Yerning eng yaqin qo‘shnisi hisoblanadi. Ushbu sayyora boshqa sayyoralardan farqli, Quyosh atrofida orqa yo‘nalishda aylanadi. Bu esa sayyorada Quyosh sharqdan emas, g‘arbdan chiqishini va sharqqa botishini anglatadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: topildi, Zuhro, hayot izlari, sayyorasida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя