Главная » 2020 » Январь » 31 » 2003 yilda kashf qilingan antitana Xitoydagi koronavirusni yo‘q qila olishi aniqlandi
09:01

2003 yilda kashf qilingan antitana Xitoydagi koronavirusni yo‘q qila olishi aniqlandi


Xitoylik molekulyar biologlar 2003 yildagi atipik zotiljam (SARS) epidemiyasi vaqtida kashf qilingan antitanalardan biri Xitoyda avj olgan yangi turdagi koronavirus 2019-nCoV’ni yo‘q qila olishi mumkinligini aniqlashdi. Bu haqda bioRxiv elektron ilmiy kutubxonada chop etilgan maqolada aytilgan.

“SARS virusini bartaraf etuvchi CR3022 antitanasi 2019-nCoV virusiga ham faol birikishi aniqlandi. Shu bilan birga, kuchliroq bo‘lgan m396 va CR3014 antitanalari koronavirusga ta'sir qila olmagan, bu esa yangi virus inson hujayralarini zararlashida yordam beruvchi oqsil o‘ziga xos strukturaga egaligidan darak beradi”, deyilgan maqolada.

Olimlar e'tiboriga virus inson hujayralariga kirish uchun qo‘llaydigan RBD oqsili tushgan. Aynan shu oqsilga antitana asosidagi vosita qo‘llanmoqchi.

Uxandagi virusologiya instituti va Shanxaydagi Fudan universiteti olimlari bu kashfiyot ularga CR3022 moddasi koronavirusga birlasha oladigan boshqa antitanalar bilan kombinatsiyada virusning tarqalishini to‘xtatish va u keltirib chiqaruvchi zotiljamni davolash uchun ilk vositalarni tezroq yaratishga umid berishini aytishgan.

Hozirda olimlar bemorlarning qonlari namunalarini o‘rganib, koronavirus bilan CR3022’dan faolroq birikadigan boshqa antitanalarni topishga umid qilishmoqda


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 495 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя