Главная » 2020 » Январь » 2 » 2019-yilda oziq-ovqat mahsulotlari necha foizga qimmatlashgani ochiqlandi
11:50

2019-yilda oziq-ovqat mahsulotlari necha foizga qimmatlashgani ochiqlandi


Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yilning dekabrida iste’mol narxlari darajasining oy davomidagi o‘rtacha o‘sish sur’ati 1,7 foizni tashkil etdi.

Xabarda aytilishicha, 2019-yil yanvar-dekabr oylarida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari 15,2 foizga qimmatlashdi. 

2018-yilning dekabrida tovarlar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 2,1 foizga ko‘tarilgan.

Umumiy hisobda 2018-yil davomida iste’mol sektoridagi narx va tariflarning o‘rtacha o‘sish sur’ati 14,3 foizni tashkil etgan. 

O‘rtacha oylik narx indekslari o‘sish sur’atining hisoblanish tartibiga ko‘ra, 2019-yilning yanvar-dekabr oylari davomidagi iste’mol narxlari indeksi 1,2 foizni tashkil etgan. Shunday qilib, dekabr oyi davomida umumiy iste’mol narxlari indeksi o‘tgan yilning yanvar-dekabr oylaridagi o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati ko‘rsatkichidan 0,5 darajaga yuqori bo‘ldi. 

2019-yil davomidagi narxlarning eng yuqori o‘sishi va pasayishi avgust (o‘sish sur’ati 2,9 foiz) hamda iyun (pasayish darajasi 0,5 foiz) oylariga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, 2019-yilning dekabr oyidagi iste’mol narxlari indeksi o‘sish sur’ati yanvar-dekabr oyidagi maksimal ko‘rsatkichdan 1,2 darajaga past, minimal natijadan 2,2 darajaga yuqori bo‘ldi. 

2019-va 2018-yillarning o‘n ikki oyi davomidagi qisqa muddatli oylik umumiy iste’mol narxlari indeksi taqqoslash natijalariga ko‘ra, ko‘rsatkichlar orasidagi maksimal chekinish yana avgust oyiga to‘g‘ri keladi (2019-yildagi 102,9 foizga qarshi 2018-yildagi 100,3 foiz). Dekabr oyidagi farq esa 0,4 darajani tashkil etgan (2019 yil dekabrdagi 101,7 foizga qarshi 2018-yil dekabr oyidagi 102,1 foiz). 

Umumiy hisobda, 2019-yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari 18,6 foizga qimmatlashdi. Ushbu davr mobaynida nooziq-ovqat mahsulotlari 10,9 foiz, xizmatlar 15,2 foizga oshdi. 

Yuqorida qayd etilganidek, 2019-yilning yanvar-noyabrida tovarlar va xizmatlar narxlarining oy davomidagi maksimal o‘sish sur’ati avgust oyida ro‘yxatga olingan (2,9 foiz). 

Narxlarning umumiy ko‘tarilishi aholi uchun pullik xizmatlar narxlarining o‘sishi bilan bog‘liq (5,6 foiz). Shu bilan birga, avgust oyidagi oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari ham nisbatan yuqori darajada qimmatlashgan (oy davomidagi o‘sish sur’ati 2,3 foiz va 2,1 foiz).


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 128 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |