Главная » 2020 » Январь » 9 » 2020 yil 1 martdan boshlab yangi tizim joriy etiladi. U tadbirkorlik bo‘yicha
21:08

2020 yil 1 martdan boshlab yangi tizim joriy etiladi. U tadbirkorlik bo‘yicha


Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligining 2020 yil 1 martdan boshlab respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.

Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish bo‘yicha ma'lumotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi va haqqoniyligi uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari shaxsan javobgar ekanligi belgilab qo‘yildi.

Adliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda:

bir oy muddatda hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash bo‘yicha tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma shakllarini hamda o‘tkazish muddatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

2020 yil 1 martga qadar hududlarning tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlarini hisoblash va baholash bo‘yicha “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini ta'minlaydi;

baholash natijalari bo‘yicha tegishli hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takliflar berib boradi;

Nizomga asosan baholash yakunlari bo‘yicha tegishli hududdagi nazarda tutilgan tashkilotlarning rahbar va boshqaruv xodimlarini, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlarini namunali ko‘rsatkichga ega bo‘lganda - rag‘batlantirish hamda qoniqarsiz ko‘rsatkichga ega bo‘lganda - intizomiy javobgarlikka tortish yuzasidan har yarim yillik yakunlari bo‘yicha 15 avgustga kadar, yil yakunlari bo‘yicha 15 martga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib boradi.

Belgilanishicha:

a) tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish - mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari mablag‘lari hisobidan;

hududlardagi tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga ta'sir etuvchi tashkilotlar rahbarlari va boshqaruv xodimlarini rag‘batlantirish - ularning budjetdan tashqari va o‘z mablag‘lari hisobidan;

hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini hisoblash va baholash bo‘yicha “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish - Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga teng miqdorlarda amalga oshiriladi;

b) hududlarning tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash natijalari bo‘yicha yarim yillik va yillik ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari, shuningdek, Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari Kengashlari majlislarida muhokama qilib boriladi.

Adliya vazirligiga “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash xizmati ko‘rsatish yuzasidan, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan xarid komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni saralab olish yo‘li bilan shartnoma tuzish huquqi berildi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bilan birgalikda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash maqsadida tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida so‘rovlar, shu jumladan elektron so‘rovlar o‘tkazilishini ta'minlaydi.

Adliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash ko‘rsatkichlarini takomillashtirib borish, zarur hollarda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib boradi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ikki oy muddatda Samarqand va Buxoro viloyatlarida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” reytingi uslubiyoti asosida tegishli xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda baholash o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 100 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |