Главная » 2020 » Март » 24 » Alisher Usmonov karantinni Toshkentda o‘tkazadi
16:25

Alisher Usmonov karantinni Toshkentda o‘tkazadi


Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov koronavirus pandemiyasi vaqtida Toshkentga ko‘chib keladi. Bu haqda u Forbes`ga xabar bergan.

“Koronavirus pandemiyasi biznesga ham, jahon iqtisodiyoftiga ham ta’sir qiladi. Tadbirkorlarning nafaqat aktivlari, balki majburiyatlari ham bor. Ular uchun virusning o‘zi ham, bozorlarni silkitib yuborgan axborot to‘lqini ham xavfli.

Pandemiya qarshisida hamma teng, Xudo saqlasin. Hozir eng muhimi – odamlar salomatligi va baxti uchun dunyo davlatlari rahbarlari iroda ko‘rsatib, geosiyosiy ziddiyatlarga qaramay, global xavf qarshisida birlashishlari lozim.

Menga kelsak, men xavf ostida bo‘lganim uchun o‘zimning tarixiy vatanim – Toshkent shahrida o‘z-o‘zimni izolyatsiya qildim, deydi Usmonov.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Usmonovning boyliklari kimga qolishi, uning Putin bilan aloqalari haqidagi intervyuni e’lon qilgan edik.


Manba: "qalampir.uz"
Просмотров: 1164 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя