Главная » 2020 » Январь » 18 » Allergiya haqida biz ishonib kelgan 3 ta noto‘g‘ri fikr
09:01

Allergiya haqida biz ishonib kelgan 3 ta noto‘g‘ri fikr


Allergiya – zamonamizning keng tarqalgan kasalliklaridan biri. U haqidagi noto‘g‘ri fiklar ham keng tarqalgan. Bugun ulardan uchtasini fosh qilamiz.

1.  Allergiklar tez-tez kasal bo‘lishadi, chunki ularning immuniteti zaif.

Noto‘g‘ri. Haqiqiy infeksiyalarga chidamlilik allergiyasi borlarda ham oddiy odamlardagi kabi bo‘lishi mumkin – allergiya va infeksiyaga qarshi himoya bir-biriga aloqador emas.

Allergiklarning immuniteti zaif emas – u shunchaki noto‘g‘ri shug‘ullantirilgan. Allergiyani kamondan o‘q otishga qiyoslash mumkin: immun tizimi rostdan ham adashadi (o‘q egri ketgani kabi), ammo bu haqiqiy kasalliklarga qarshi yaxshi kurasha olmaslikni bildirmaydi.

2.  Allergik bo‘lib tug‘ilish mumkin

Also unday emas. Masalan, ozuqaviy allergiyaning simptomlari istalgan yoshda paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, yillar davomida muammosiz iste’mol qilib kelgan mahsulotlaringizga nisbatan ham allergiya paydo bo‘ladi.

To‘g‘ri, allergiyaga genetik moyillik bo‘lishi mumkin. Shunchaki bu moyillik namoyon bo‘lishi ham, namoyon bo‘lmasligi ham ehtimoldan holi emas. Ota-onangiz allergiyadan aziyat chekkan bo‘lsa, sizni ham allergiyaga chalinish ehtimolingiz yuqoriroq. Ammo hamma qarindoshlaringiz sog‘lom bo‘lishiga qaramay, sizda allergiya boshlanishi ham mumkin.

3.  Allergiya – yangi kasallik. U shaharlarning iflosligi tufayli paydo bo‘lgan.

Qisman to‘g‘ri. Allergik kasalliklardan aziyat chekadigan kishilarning soni oshib boryapti. Bu shaharlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ammo ular rasvoligi uchun emas, aksincha shaharliklar haddan ziyod toza hayot kechiradi.
Ko‘pchilik olimlar quyidagi gigiyenik farazni qo‘llab-quvvatlashmoqda: “Biz borgan sari mikrob, hayvon, o‘simliklar bilan kam aloqa qilyapmiz. Natijada immun tizimimizni ularga qarshi chiniqtira olmaymiz. Bir qancha ajoyib tadqiqotlar buni isbotlaydi. Masalan, amerikalik olimlar ikki yopiq guruhni solishtirgan: amishalar (tabiat qo‘ynida ishlaydi, hayvonlar bilan yashaydi) va gutteritlar (texnikani afzal biladi, bolalari hayvonlarga yaqinlashmaydi). Ma’lum bo‘lishicha, amishalar orasida allergiklar kam uchraydi. Yana bir versiyaga ko‘ra, hayotning ilk yillarida hayvonlar bilan yashash organizmni allergiyaga chidamliligini paydo qilar ekan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | Просмотров: 197 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя