Главная » 2020 » Январь » 2 » Avtomobil texnik ko‘rigi to‘g‘risidagi talon sertifikat bilan almashtiriladi
17:02

Avtomobil texnik ko‘rigi to‘g‘risidagi talon sertifikat bilan almashtiriladi


O‘zbekistonda avtotransport vositalarining texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talon sertifikat bilan almashtirilishi mumkin. Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilingan hujjat loyihasida aytilgan.

Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga kiritilishi mo‘ljallangan o‘zgartirishga ko‘ra, texnik ko‘rikdan o‘tgan transport vositalariga tegishli dalolatnoma tuziladi.

Texnik ko‘rikdan o‘tgan transport vositasining egasiga DYHXX organi xodimi transport vositasi texnik holatining transport vositalari xavfsizligi bo‘yicha texnik reglamentlarga muvofiqligi to‘g‘risida sertifikat beradi.

Bildirilishicha, sertifikat keyingi texnik ko‘rikka qadar saqlanadi.

Ma'lumot uchun: 

Sertifikatlar soxtalashtirishdan himoya qilishning bir necha darajasiga ega, bardoshli va egiluvchan materiallardan tayyorlanadi (A7 o‘lchami), maxsus o‘qish vositalari (dasturlar) yordamida tezda tanib olish uchun ma'lumot, maxsus elektron yorliq (NFC Smart-chip)ga ega bo‘ladi, bu qurilmalar o‘rtasida kontaksiz ma'lumot almashinuvini ta'minlaydi.

Sertifikatlarni ishlab chiqarish uchun taklif etilayotgan texnologiya:

xodim tomonidan berishda uni qo‘lda rasmiylashtirilishini istisno qiladi (ma'lumotni kiritish va elektron sertifikat yorlig‘ini faollashtirish innovatsion texnologiyalar yordamida maxsus qurilma tomonidan amalga oshiriladi);

transport vositalarini harakatlanish jarayonida to‘xtatmasdan, texnik ko‘rikdan o‘tganligini aniqlashning soddalashtirilgan boshqaruv sxemasini qo‘llashga imkon beradi.

Yo‘lning qatnov qismidan yuqorida (ustunlar, yo‘l o‘tkazgichlar, videokuzatuv kameralarini o‘rnatish uchun mavjud konstruksiyalar va boshqalar) maxsus o‘qish qurilmasi o‘rnatiladi.

Qurilmalar texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositalarini oqim ichida aniqlashni ta'minlaydi, shuningdek, soxta va muddati o‘tgan sertifikatlarni aniqlaydi.

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 80 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |