Главная » 2020 » Март » 21 » Bemor telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin - Almatov
12:50

Bemor telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin - Almatov


Telefonlar eng ko‘p ishlatiladigan anjomlardan biri. U o‘zida turli viruslar, shu jumladan, koronavirusni ham saqlashi mumkin

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing o‘tkazilmoqda. Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori koronavirus kasalligi qaysi bemorlarda qayd etilganini ma'lum qildi.

«Bugun koronavirus kasalligi qayd etilgan bemorlar shu paytga qadar karantinda saqlanayotgan fuqarolar», - dedi Bahrom Almatov.  

Uning aytishicha, bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin.

«Bugungi kunda telefonlar eng ko‘p ishlatiladigan anjomlardan biri. U o‘zida turli viruslar, shu jumladan, koronavirusni ham saqlashi mumkin. Bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin. Koronavirus to‘lqinlar orqali yuqmaydi. Buni to‘g‘ri tushunish kerak», — dedi Bahrom Almatov.

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 37 nafarga yetgani xabar berilgandi


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 335 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя