Главная » 2020 » Март » 23 » Bo‘stonliq tumaniga kirish vaqtincha cheklandi
17:45

Bo‘stonliq tumaniga kirish vaqtincha cheklandi


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida dezinfeksiyalash ishlari olib borilishi sababli hudud bu yerda ro‘yxatda turmaydigan fuqarolar uchun yopildi.

“Respublikamizda koronavirusga qarshi olib borilayotgan choralar doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanganligini va dam olish maskanlarida dezinfeksiyalash ishlari boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Toshkent viloyati IIBB barcha fuqarolardan maxsus profilaktik tadbirlar tugaguniga qadar Bo‘stonliq tumaniga bormasliklarini hamda yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri baholashlarini so‘rab qoladi”, deyiladi Toshkent viloyati IIB Matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, Bo‘stonliq tumani hududida harakatlanishga faqatgina shu joyda ro‘yxatda turuvchi mahalliy aholiga ruxsat etiladi.


Manba: "qalampir.uz"
Просмотров: 576 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя