Главная » 2020 » Март » 23 » Bu hafta yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?
18:14

Bu hafta yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?


O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati ushbu haftada mamlakatimizdagi kuzatiladigan ob-havo bo‘yicha ma'lumot berdi.

Unga ko‘ra, bugun butun mamlakatimiz hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, havo harorati 20-25 daraja atrofida bo‘lib, bu me’yordan 3-4 darajaga yuqoridir.

Ertaga Kaspiy dengizining janubiy rayonlaridan nam havo oqimi kiradi, respublikaning ayrim joylariga yomg‘ir yog‘ib, harorat 15-20 darajagacha pasayadi va shu kun me’yoriga yaqinlashadi. Faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

25 mart kuni O‘zbekiston hududiga salqin havo oqimining kirishi kutilmoqda, mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik bo’lmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi, shuningdek, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq bo‘ladi, kunduzgi harorat 10-15 darajagacha pasayadi. Bunday harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 7-9 darajaga pastdir.

26 martdan 28 martgacha mamlakatimiz hududi yuqori bosimli maydon ta’sirida bo‘ladi. Kechasi harorat 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 26 mart kunduzi harorat hali salqin, 10-15 daraja iliq, 27-28 mart kunlari quyosh nurlari havoni isitishi hisobiga harorat 15-20 darajagacha ko‘tariladi va me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashadi, deyiladi Gidrometeorologiya xizmati xabarida.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 1567 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя