Главная » 2020 » Январь » 9 » «Bu hali boshlanishi». Eronlik general Amerika bazalariga hujum bo‘yicha izoh berdi
20:11

«Bu hali boshlanishi». Eronlik general Amerika bazalariga hujum bo‘yicha izoh berdi


Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Amir Ali Hojizoda Amerika bazalariga berilgan raketa zarbalaridan maqsad raqib askarlarini o‘ldirish emas, Vashingtonning «harbiy mashinasi»ga zarar yetkazish bo‘lgani haqida gapirdi.

«Bizning maqsadimiz qotillik emasdi, biz raqibning harbiy mashinalarini nishonga olgandik», degan  IRIB telekanali tomonidan translatsiya qilingan konferensiya vaqtida.

U agar Tehronning maqsadi qotillik bo‘lganida, bunday amaliyot natijasida besh ming amerikalik o‘ldirilgan bo‘lishi haqida qo‘shimcha qildi.

Hojizoda Amerikaning Iroqdagi bazalariga berilgan raketa zarbalari hali butun mintaqa bo‘ylab davom etadigan ulkan amaliyotning boshlanishi ekani haqida ma'lum qilgan.

Uning ta'kidlashicha, general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun munosib qasos - AQSh harbiylari Yaqin Sharqdan chiqarib yuborilishi bo‘ladi.

8 yanvarga o‘tar kechasi Sulaymoniyning o‘limiga javob sifatida Eron harbiylari amerikaliklarning Iroqdagi bazalariga raketa zarbalari yo‘lladi. Erondagi davlat telekanallari bu hujum oqibatida 80 nafar amerikalik o‘ldirilgani haqida xabar tarqatdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp bu hujumdan 16 soat o‘tib bergan bayonotida eronliklarning hujumi oqibatida «biror amerikalik jabrlanmagani», «faqatgina harbiy bazalardagi obektlar minimal darajada shikastlangani» haqida gapirdi. Tramp «Eron, aftidan, chekinishga qaror qilgani» haqida qo‘shimcha qilib, bu davlatga «qo‘shimcha iqtisodiy sanksiyalar qo‘llanishi» haqida aytib o‘tdi.

Bundan avvalroq, Eron qurolli kuchlari bosh shtabi xavfsizlik departamenti boshlig‘i Abulla Aragiy eronlik harbiylar dushmanlardan tez orada «shafqatsiz qasos» olishi haqida gapirgandi

.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 236 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |