Главная » 2020 » Март » 25 » Bunaqasi bo‘lmagan! Islandiyada qo‘shaloq koronavirus aniqlandi
08:27

Bunaqasi bo‘lmagan! Islandiyada qo‘shaloq koronavirus aniqlandi


Islandiyada bemorlardan biri yangi koronavirusning birato‘la ikkita shtammini yuqtirib oldi, deya xabar berdi <Reykjavik Grapevine> jurnali «deCODE genetics» biofarmatsevtika kompaniyasi rahbari Kari Stefansson ma’lumotiga tayanib.

Ikkinchi shtamm Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronavirusning dastlabki versiyasi mutatsiyasi hisoblanadi. Mutaxassis fikricha, bu eng birinchi qo‘shaloq yuqtirish bo‘lishi mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, mutatsiyaga uchragan shtamm yana-da tajovuzkor. Chunki bemor u bilan muloqotda bo‘lgan odamlarga aynan shu turini yuqtirgan. Xalqaro ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusning bunday turi Islandiyadan boshqa davlatlarda uchramagan.

«Frans Press» agentligi xabariga ko‘ra, Islandiyada 24-mart kuni 588 ta koronavirus infeksiyasi holati qayd etildi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 4808 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя