Главная » 2020 » Март » 25 » Chiqindilar orasidan tibbiy niqoblar yig‘ib yurgan fuqaroning shaxsi aniqlandi
16:47

Chiqindilar orasidan tibbiy niqoblar yig‘ib yurgan fuqaroning shaxsi aniqlandi


Ijtimoiy tarmoqlarda chiqindilar orasidan tibbiy niqoblarni yig‘ayotgani erkak videosi tarqalgandi. Buning ortidan yig‘ib olingan niqoblar yana ishlatishga chiqarib yuborilishi mumkinligi gumoni paydo bo‘lgandi.

IIV Matbuot xizmatining xabar berishicha, videoda aks etgan erkakning shaxsi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, u Guliston shahrida yashovchi ruhiy xasta fuqaro bo‘lib, ruhiy kasalliklar dispanseri hisobida turgan.

Sog‘liqni saqlash vazirining joriy yil 20 martdagi 114-son “Tibbiy buyumlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusning yangi turi tarqalishini oldini olish, respublika hududida qulay sanitariya-epidemiologik muhitni ta’minlash, aholining salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash va tibbiyot niqobi taqchilligini olidini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish, shuningdek, tibbiy niqobni ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab qilinishini inobatga olgan holda tibbiyot niqoblari tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarildi.

Ma’lumot uchun, bugun, 25 martdan O‘zbekistonda ko‘chalarda tibbiyot niqobisiz yurganlarni jarimaga tortish boshlandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 2187 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя