Главная » 2020 » Март » 21 » COVID-19 yasharmoqdami: Qozog‘istonda 4 oylik chaqaloq koronavirusga chalindi
15:44

COVID-19 yasharmoqdami: Qozog‘istonda 4 oylik chaqaloq koronavirusga chalindi


Qozog‘iston Respublikasida koronavirus yuqtirganlar ichida 4 oylik chaqaloq ham bor. Bu haqda Nur-Sulton shahri Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Saule Kisikova ma’lum qildi.

“Koronavirusga chalinganlar orasida 4 oylik chaqaloq va ikki o‘smir bor”, dedi Kisikova.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda joriy yilning 13 mart kuni birinchi marta koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlandi. Shundan so‘ng, Respublika rahbari mamlakatda favqulodda holat e'lon qildi. Hozirgacha Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq 53 holat qayd etilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 279 267 nafarga yetdi. Bu kasallik tufayli 11 431 kishi vafot etdi. Bemorlardan 7 913  nafari yoki 5 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallik yuqtirganlarning 91 994 nafari bu virusdan tuzalgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 1694 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя