Главная » 2020 » Март » 20 » Davlatlarning baxtiyorlik bo‘yicha reytingi e'lon qilindi. O‘zbekiston MDH davlatlari ichida yetakchi
22:17

Davlatlarning baxtiyorlik bo‘yicha reytingi e'lon qilindi. O‘zbekiston MDH davlatlari ichida yetakchi


BMT butun dunyoda 20 mart kuni nishonlanadigan Xalqaro baxt kunida davlatlarning baxtiyorlik bo‘yicha navbatdagi reytingini e'lon qildi. E'tiborlisi, O‘zbekiston ushbu reytingda 38-o‘rinni egallab, MDH davlatlari o‘rtasida yetakchi deb topilgan.

u haqda World Happiness Report hisobotida ma'lum qilingan. 

Reytingda uchinchi yil qatorasiga Finlyandiya yetakchilik qilmoqda. U eng baxtli davlat deb topilgan. Yuqori o‘ntalikdagi keyingi o‘rinlarni Daniya, Shveytsariya, Islandiya, Norvegiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Avstriya va Lyuksemburg egallagan. 

Shuningdek, yetakchi davlatlardan Buyuk Britaniya 13-o‘rinni, Germaniya 17-o‘rinni, AQSh 18-o‘rinni, Fransiya 23-o‘rinni, Rossiya 67-o‘rinni, Xitoy 94-o‘rinni egallagan.

E'tiborlisi, O‘zbekiston reytingning 38-o‘rnidan joy olib, MDH davlatlari orasida yetakchi bo‘ldi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 50-o‘rinni, Tojikiston 71-o‘rinni, Qirg‘iziston 74-o‘rinni va Turkmaniston 95-o‘rinni egallagan.

Eng bebaxt davlatlar deb Hindiston, Malavi, Yaman, Botsvana, Tanzaniya, Markaziy Afrika Respublikasi, Ruanda, Zimbabve, Janubiy Sudan, Afg‘oniston topilgan. 

Reytingga hammasi bo‘lib 153 ta davlat kiritilgan bo‘lib, mutaxassislar ulardagi aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot darajasi, umr ko‘rish davomiyligi, aholining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, saxiylik, korrupsiya darajasi, fuqarolarning muhim qarorlarni mustaqil qabul qilishdagi erkinligi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olishadi. Ushbu ko‘rsatkichlar 10 ballik shkala bo‘yicha baholanib, so‘ngra har bir davlat uchun o‘rtacha ball chiqariladi. 

World Happiness Report (Baxtiyorlik to‘g‘risidagi hisobot) BMTning barqaror rivojlanish yechimlarini izlash bo‘limi tomonidan har yil tuzilib kelinadi. Ushbu hisobot ilk bor 2012 yilda e'lon qilingan.

20 mart butun dunyoda Xalqaro baxt kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kun BMT Bosh assambleyasining 2012 yil 28 iyundagi rezolyutsiyasi bilan ta'sis etilgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 1573 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя