Главная » 2020 » Январь » 9 » Dekabr oyida jahon oziq-ovqat narxlari ko‘tarilishda davom etdi
20:53

Dekabr oyida jahon oziq-ovqat narxlari ko‘tarilishda davom etdi


Palma yog‘i va shakarqamish kabi bioyoqilg‘ilarga bo‘lgan kuchli talab ortidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning oziq-ovqat narxlari indeksi o‘sib, oxirgi besh yillikdagi maksimal ko‘rsatgichga ko‘tarildi
 
Jahon oziq-ovqat narxlari dekabr oyida ko‘tarildi. O‘simlik yog‘i narxlarining keskin o‘sishi uch oy davomida FAO oziq-ovqat narxlarining keyingi besh yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichiga ko‘tarilishiga olib keldi.

FAOning oziq-ovqat narxlari indeksi dekabr oyi davomida o‘rtacha 181,7 punktni tashkil etdi, bu noyabr oyiga nisbatan 2,5 foizga oshib, 2014 yilning dekabridan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichga aylandi.

Eng ko‘p sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining xalqaro narxlarini har oyda kuzatib boruvchi indeks 2019 yilda o‘rtacha 171,5 punktni tashkil etdi, bu 2018 yilga nisbatan 1,8 foizga yuqoridir, ammo 2011 yilning eng baland ko‘rsatkichidan 25 foiz past.

O‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab, FAO o‘simlik yog‘i narxlari indeksi ketma-ket olti oy davomida o‘sib, 9,4 foizga oshdi. So‘nggi ko‘tarilish palma yog‘iga bo‘lgan talabning ortishi, ayniqsa, biodizel sektori va ishlab chiqarishning qisqarishi haqidagi mulohazalar ortidan yuzaga keldi. Dekabr oyida soya, kungaboqar va kolza yog‘lari narxlarining ham o‘sishiga qaramay, o‘simlik yog‘ining 2019 yildagi indeksi 2007 yildagiga nisbatan eng past yillik ko‘rsatkichga tushdi.

Tozalanmagan neft narxi oshishi ortidan Braziliya shakar zavodlarida shakarqamish xomashyosi asosan etanol ishlab chiqarish uchun ishlatilib, xalqaro bozorda shakarning kamayishiga sabab bo‘ldi. Bu esa o‘z o‘rnida FAOning shakar narxi indeksi noyabr oyiga nisbatan 4,8 foizga o‘sishiga turtki bo‘ldi.

FAOning sut mahsulotlari narxlari indeksi oy davomida 3,3 foizga oshdi. Yevropa ittifoqi va Okeaniyada pishloq eksportining keskinlashishi mahsulot narxini deyarli 8 foizga ko‘tarilishiga olib keldi.

Xitoyning bug‘doy importiga bo‘lgan talabining oshishi va Fransiyadagi logistik muammolar tufayli mamlakatda davom etayotgan noroziliklar FAO don mahsulotlari narxi indeksini 1,4 foizga ko‘tardi. Lekin, makkajo‘xori va guruch narxlari kotirovkalari oy davomida o‘zgarishsiz qoldi.

FAOning go‘sht mahsulotlari narxlari indeksi ham noyabr oyiga nisbatan deyarli o‘zgarmadi va o‘rtacha 191,6 punktni tashkil etdi. Yil yakunida narxlar indeksi 2018 yilning dekabriga nisbatan 18 foiz yuqori ko‘rsatgichni tashkil etdi. Bu Osiyo mamlakatlarida cho‘chqa go‘shtiga bo‘lgan talabning ortishi hamda Yevropa Ittifoqi va Braziliyada bayramoldi ichki talabning o‘sishi sababli yuzaga keldi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 27 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |