Главная » 2020 » Январь » 31 » Diqqat koronavirus: Virusdan himoyalanish usullari
19:11

Diqqat koronavirus: Virusdan himoyalanish usullari


Xitoy koronavirusi butun dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda tarqalgan yangi tipdagi koronavirusni yuqtirganlar soni 9776 nafar, vafot etganlar soni 213 nafar va ushbu kasallikdan tuzalganlar 187 nafarni tashkil qilmoqda. Bu xavfli virusni yuqtirmaslik uchun nima qilish kerak?

• Uydan chiqayotganingizda, albatta, qo‘lingizga qo‘lqop kiyib oling. Uni jamoat joylarida ham yechmang.

как защититься от коронавируса

• Agar nimadir bo‘lib qo‘lqopni yechishga majbur bo‘lsangiz, qo‘lingiz bilan yuz-ko‘zingizni ushlamaslikka harakat qiling. Hatto, ular qichiyotgan bo‘lsa ham. Qo‘lqopni kiyishdan avval qo‘llarni yaxshilab yuvish, har bir barmoq obdon quritib artilishi kerak.

• Har kuni qo‘lqoplarni almashtirib turing. Ularni yaxshilab yuvib, obdon qurigach keyin kiyish kerak.

 • Tibbiy niqoblar virusdan samarali himoyalaydi. Ammo unga ishonib, kasal odamlar to‘dasida yurish tavsiya etilmaydi. Odam ko‘p joylardan ehtiyot bo‘ling. Oldingizdagi va sizning o‘rtangizdagi oraliq masofa yarim metrdan kam bo‘lmasligi kerak.

как защититься от коронавируса

• Uydagi hamma sochiqlarni almashtirib turishni tavsiya qilamiz. Oila a’zolaridan har birining o‘z sochig‘i bo‘lgani yaxshi. Ularni bir haftada ikki marta yuvib, yaxshilab quritib keyin ishlatishni unutmang.

• Eshik tutqichlarini ushlashda ham ehtiyot bo‘ling. Imkon bo‘lsa ularni tirsak yoki yelkalarni ishlatgan holda ochib yopishga harakat qiling. Yoki tutqichdan tutmaslikning iloji bo‘lmasa uni ochishda, albatta, qo‘lqop kiyishni unutmang. 

• Faqatgina o‘z qoshiq-sanchqilaringizdangina foydalaning. Ovqat yeb bo‘lgach, har bir idishni yaxshilab yuving. Bolalaringizga birovlarning shaxsiy narsalaridan foydalanmaslikni o‘rgating.

как защититься от коронавируса

• Hayvon go‘shtini yaxshilab pishirmasdan iste’mol qilmang. Chunki, koronavirusning tarqalishiga aynan shu narsa sababchi bo‘lgan.

• Uy va ishxona derazalarini tez-tez ochib shamollatib turing. Yaxshilab shamollatilgan joylarda viruslar ko‘p “ushlanib” qolmaydi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | Просмотров: 62 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя