Главная » 2020 » Январь » 14 » Dizayner Narimon Grigoryan Toshkentdagi uyida o‘ldirib ketildi
20:38

Dizayner Narimon Grigoryan Toshkentdagi uyida o‘ldirib ketildi


Taniqli dizayner Narimon Grigoryan bugun, 14 yanvar kuni Toshkentda o‘ldirib ketildi. Bu haqdagi xabarlarni Bosh prokuratura matbuot xizmati boshlig‘i Xayot Shamsutdinov Kun.uz`ga tasdiqladi.

Ma'lum bo‘lishicha, marhumning jasadi u ijarada istiqomat qilib kelgan Yashnobod tumani, Chigil ko‘chasidagi xonadonning mehmonxonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Tegishli xabar Yashnobod tuman IIO FBM navbatchilik qismiga soat 11:50lar atrofida kelib tushgan.

Tuman prokuraturasi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

«Jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga olinib, malakali tergovchilaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda. Natijasi haqida qo‘shimcha axborot beriladi», – deyiladi Bosh prokuratura ma'lumotida.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 371 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |