Главная » 2020 » Март » 19 » Ekspert: «Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinadi. Covid-19 aslida shov-shuv qilinayotganichalik qo‘rqinchli emas»
22:42

Ekspert: «Qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinadi. Covid-19 aslida shov-shuv qilinayotganichalik qo‘rqinchli emas»


Tibbiyot fanlari doktori Nikolay Filatov koronavirus atrofida asossiz shov-shuv ko‘tarilmoqda, degan fikrda.

Mechnikov nomidagi vaksina va emlamalar ilmiy-ishlab chiqarish institutining fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Nikolay Filatov «BIZNeS Online» nashriga bergan intervyusida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bularning bari nima uchun qilinyapti? Qo‘rqqan odam pulini osongina beradi va boshqarilishi ham oson bo‘ladi. Menimcha, bu muammoning ildizi aynan mana shunda. Kimgadir negadir insoniyatni qattiq qo‘rqitish kerak bo‘lib qoldi. Ayting-chi, agar bu sun'iy ravishda qilingan bo‘lsa, bundan maqsad nima? Odamlar sog‘ligiga zarar yetkazishmi? Unda bu qanday zarar bo‘lishi kerak? Yuqori darajadagi o‘lim, og‘ir klinika, o‘ta yuqumlilik va boshqalar. Bu yerda nimani ko‘ryapmiz? Undan o‘lish darajasi qanchalik? H5N1 «parranda grippi»da o‘lim darajasi 52,8 foiz. Bu ushbu grippga chalinganlarning yarmi o‘ldi degani. Shu bilan birga, o‘lim darajasi insonlarning yoshi, jinsi, irqi va ularning qanday ish bilan shug‘ullanishiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan. Kasal qushdan odamga yuqqan va bu muammoga aylangan. Bu virus koronavirusdan ko‘ra qo‘rqinchliroq.

Koronavirus allaqachondan buyon ma'lum bo‘lgan respirator viruslardan biri. Ular oddiy respirator infeksiyada ma'lum darajada mavjud bo‘ladi. Yangi virusda o‘lim darajasi 3,4, maksimum 4 foiz! Bu nimani anglatadi? Hech narsani. Bu oddiy respirator infeksiya. Birdaniga bunday shov-shuv ko‘tarildi! Nega? Nima uchun hech qanday asossiz bunday shov-shuv ko‘tarilmoqda? Bolalar va o‘smirlar deyarli chalinmayapti. Nima bo‘lyapti o‘zi?

Mana, gap nimada. Makrofag — immun tizimini boshqaruvchi hujayra. Mikrob, toksin, unga nima ta'sir ko‘rsatmasin, makrofaglarning bir qismi fiziologik yo‘l bilan javob qaytaradi, bir qismi esa giperfaol holatga o‘tadi. Yoshi katta odamlarda giperfaol makrofag ulushi ko‘proq bo‘ladi. U immun tizimiga harakatga tushish va organizmni faol himoya qilishga buyruq beradi. Faol himoya nima? Bu kasallik uyg‘otuvchi joyga, ushbu holatda o‘pkaga leykotsitlarning oqishi degani. Bu shamollash. Agar mana shu giperfaollik olib tashlansa hech qanday zotiljam bo‘lmaydi. Bu koronavirusda ham hech narsa bo‘lmaydi! Shuning uchun buni qandaydir laboratoriyalarda yaratilgan global miqyosdagi dahshatli narsa demagan bo‘lardim. U yangi, hozircha hech kimda unga qarshi immunitet yo‘q. Odamlarning tabiiy immunizatsiyasi yuz berganidan so‘ng hammasi tugaydi. U hozir sayr qilyapti, bolalarda aylanib yuribdi, zarar keltirish darajasi kamayib bormoqda va biz nimani qo‘lga kiritamiz? Immun qatlamining qanchadir ulushini va shu bilan hamma bu virusni unutadi. U navbatdagi koronavirusga aylanadi.

Kasallik chaqiruvchi o‘nlab, yuzlab, minglab viruslar bor. Janubi-Sharqiy Osiyoning ko‘plab shaharlariga tarqalgan H1N1 grippini oling. Hozirgiday pandemik shov-shuv bo‘lganmidi? Pandemiya nima? Kasallikning barcha qit'alarda tarqalishi. Pandemiya bo‘lgan, ammo shov-shuv bo‘lmagan.

Davom etamiz. «Cho‘chqa grippi»: o‘lim darajasi 17 foiz, hozirgi koronavirusdan uch baravar ko‘p. U haqda ham hech narsa eshitilmadi.

Bugun sodir bo‘layotgan barcha narsa faqat bitta narsani anglatadi: qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinadi. Men hokimiyat organlarini tushunaman. Bir tarafdan, hamma ajralib turishni, shov-shuvli qarorlar qabul qilishni istaydi, ikkinchi tarafdan esa, keyinchalik loqaydlik, harakatsizlikda ayblashlarini istamaydi», dedi Nikolay Filatov.

Avvalroq tibbiyot fanlari doktori, professor Xayrulla Mustafoyev ham koronavirus dunyo uchun yangilik emasligi, virusning yangi xususiyatlari borligi, lekin asosiy negizi eski virus hisoblanishini aytgandi.


Manba: "kun.uz"
Просмотров: 1814 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя