Главная » 2020 » Март » 20 » Farg‘onada fermer janjal qurboni bo‘ldi
23:22

Farg‘onada fermer janjal qurboni bo‘ldi


Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida qotillik sodir bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 mart kuni soat 11:30 lar chamasida O‘zbekiston tumani, Yangi Hayot qishlog‘ida yashovchi F.M. (1995 y.t., sudlanmagan, ishchi) shu tumandagi fermer xo‘jaligi rahbari Sh.A. bilan suv talashib, o‘zaro janjallashadi. Janjal jarayonida F.M. qo‘lidagi temirdan yasalgan bog‘ qaychisi bilan fermer xo‘jaligi rahbarining boshiga bir necha marta qasddan uradi. Buning natijasida Sh.A. voqea joyida vafot etadi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi ("Qasddan odam o‘ldirish") jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda F. M. hibsga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Просмотров: 1828 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя