Главная » 2020 » Январь » 11 » Farg‘onada sport murabbiysi firibgar bo‘lib chiqdi
08:22

Farg‘onada sport murabbiysi firibgar bo‘lib chiqdi


Farg‘onada taekvondo bilan shug‘ullanayotgan sportchilarni Koreyaga mashg‘ulotlar va ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgarning qilmishi fosh bo‘ldi.

Sport murabbiysi bo‘lgan A.Homidov (ismi, sharifi o‘zgartirilgan) 2018 yil avgust oyida Abdulloxon Sotvoldixonov, Abdullajon Komilov, Odiljon Madaminov, Azizbek Qayumov, Islomjon Shermatovni O‘zbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasi orqali mashg‘ulotlar o‘tashga Janubiy Koreyaga jo‘natishini, u yerda ishlashi mumkinligini aytib, o‘zining nayranglariga ishontiradi. Buning uchun A.Valiyevdan 2100 AQSH dollari, A.Komilovdan 2000 AQSH dollari, O.Madaminovdan 2100 AQSH dollari, I.Xalilovdan 17 million so‘mni olib, ularni Janubiy Koreyaga jo‘natmasdan, pullarini shaxsiy ehtiyojiga ishlatgan.

Shuningdek, firibgar A.Valiyev, A.Komilov, O.Madaminov, I.Xalilovni ishontirib, aldash uchun O‘zbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasi prezidentiga Farg‘ona viloyati Tayekvando WTF ijrochi direktori nomidan A.Sotvoldixonov, A.Komilov, A.Qayumov, I.Shermatov va boshqalarni Janubiy Koreyaga taekvondo WTF bo‘yicha mashg‘ulot o‘tashga yuborishga ruxsat so‘ralgan rasmiy hujjat hisoblangan so‘rovnomani maxsus blankada tayyorlab, muayyan huquq beradigan qalbaki so‘rovnomani ularga jo‘natib foydalangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligi inobatga olinib, A.Homidovga Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “v” bandlari va 228-modda 1-qismi bilan aybli deb topilib, Jinoyat Kodeksining 59, 62-moddasiga asosan 2 yil 5 oy 9 kun axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 64 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |