Главная » 2020 » Март » 23 » Fransiyada koronavirusga qarshi dori muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi
19:18

Fransiyada koronavirusga qarshi dori muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi


Fransuz olimlari COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan CARC-COV-2 koronavirusiga qarshi preparatni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Mutaxassislarning tadqiqotlari "International Journal of Antimicrobial Agents"da nashr etiladi.

Ma’lum qilinishicha, tatqiqotda infeksiyani antimalarial dorilar gidroksixloroxin va azitromitsinning kombinatsiyasi bilan davolash usuli sinovdan o‘tkazilgan. Bu moddalarning virusga qarshi samaradorligi to‘g‘risida ko‘plab shifokorlar, xususan, xitoyliklar xabar bergan edi.
 

Yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘tkazilgan tadqiqotda koronavirusi yuqtirganyoki virus alomatlari bo‘lganlar ishtirok etdi. Tadqiqot ishtirokchilarining 16 nafari asosan antibiotiklar qabul qildi. Qolgan 14 kishi gidroksixloroxinni o‘n kun ichdi, bundan tashqari ulardan oltitasi qo‘shimcha ravishda azitromitsinni qabul qildi.

Mazkur davolanish natijasida beshinchi kun gidroksixloroxin va azitromitsin kombinatsiyasini qabul qilgan bemorlar tuzalib ketdi (sinov CARC-COV-2 ni aniqlamadi). Shuningdek, to‘qqizinchi kuni nazorat guruhidagi bemorlardan biri davolandi, ular yettinchi kungacha azitromitsinni qabul qilmagan.

Tadqiqot mualliflari bu dastlabki natijalar ekanini, biroq umid borligini ta’kidlab o‘tgan.

Ma’lumot uchun, hozirgacha dunyoda 343 421 kishi koronavirus yuqtirib olgan, 14 790 kishi vafot etgan.

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 4815 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя