Главная » 2020 » Январь » 19 » Haqiqiy tillani soxta tilladan qanday farqlash mumkin?
11:06

Haqiqiy tillani soxta tilladan qanday farqlash mumkin?


 Odatda zargarlik buyumi xarid qilinadigan bo‘lsa, tillasining probasiga e'tibor beriladi. Agar probasi 585 bo‘lsa, bu buyumning tarkibidagi tilla 58,5 % deganidir.  Biroq, ayrimlarning tillasiga kafolat beraman, deganiga ishonib sotib olib, chuv tushganlarni eshitganmiz.  Xo‘sh, unda tillani soxtasidan qanday ajratish mumkin? 
Mutaxassisga borib, ovora bo‘lib yurmang. Uy sharoitida ham aniqlashning juda oddiy usuli bor. Buning uchun ozginga suv, tish pastasi va cho‘tkasi, yod kerak bo‘ladi. Yod har bir xonadonda topiladigan vosita.

Tilla buyumni tekshirishga kirishishdan oldin sizga yodning rangli metallarda qoldiradigan izini ko‘rsatmoqchimiz. 

Suratda ko‘rib turganingiz mis naycha. Unga bir tomchi yod tomizilsa, darrov yorqin iz paydo bo‘ladi, ko‘p kuttirmaydi.  

Latun metalida ham shu hodisa takrorlanadi. 

Endi, tillaga e'tibor bering. Unga ham paxtali cho‘p yordamida yod surtamiz. Ko‘z oldingizda yana dog‘ paydo bo‘ladi. To‘g‘ri, mis, latundagidek emas, biroq bor. Demak, bilingki tilla haqiqiy emas, soxta ekan.

Agar paxtali cho‘p bilan haqiqiy tillaga yod surkalsa, u to‘q yashil rangga kiradi. Mana shu rang uning haqiqiy tilla ekanligini bildiradi. 

Paydo bo‘lgan dog‘larni tish cho‘tkasi va pastasi yordamida yuvib ketkazsa bo‘ladi. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | Просмотров: 248 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя