Главная » 2020 » Январь » 5 » Insultni o‘z vaqtida aniqlash va inson hayotini saqlab qolishga yordam beruvchi maslahatlar
19:43

Insultni o‘z vaqtida aniqlash va inson hayotini saqlab qolishga yordam beruvchi maslahatlar


Insultni boshdan o‘tkazgan kishilarning 80 foizga yaqini nogiron bo‘lib qoladi. Ularning 25 foizi umrining qolgan qismida o‘zgalarning doimiy parvarishiga muhtoj bo‘ladi. Nima uchun statistika bunday? Shunchaki aksariyat o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilishga shoshilmaydi. Kasallik miyaning keng uchastkasiga zarar yetkazib bo‘lganidan keyingina tez yordam chaqirishadi. Insultni vaqtida aniqlash va uning oldini olishga doir tavsiyalarni taqdim etamiz.

  • Arterial gipertenziya;
  • Yoshning 50 dan oshganligi;
  • Yurak kasalliklari;
  • Qandli diabet;
  • Xolesterinning yuqori darajada bo‘lishi;
  • Spirtli ichimliklarni ichish;
  • Stress;
  • Chekish;
  • Kamharakat hayot tarzi;
  • Semizlik.

Insultning ilk belgilari:

  • Qo‘l va oyoqlardagi zaiflik yoki uvishish;
  • Nutqning buzilishi. Inson unga nima gapirayotganingizni tushunmaydi;
  • Muvozanatni yo‘qotish;
  • Bosh aylanishi;
  • Hushdan ketish;
  • Kuchli bosh og‘rig‘i;
  • Yuzning bir tomoni falaj bo‘lishi (juda kamdan-kam holatlarda – butun tana);
  • Yuz qiyshayishi;
  • Ko‘ngil aynishi va qayd qilish;
  • Ko‘z oldining qorong‘ulashishi;
  • Ko‘zlarning noodatiy harakatlanishi;
  • Haddan tashqari past yoki yuqori arterial qon bosimi.

Darhol shifoxonaga!

Uy sharoitida tashxis qo‘yish va davolashdan foyda yo‘q. Maxsus uskunalarsiz hatto shifokorlar ham 10 foiz holatlarda tashxis qo‘yishda adashishadi. Shu bois insult gumon qilinganda bemorni imkon qadar tezroq shifoxonaga yetkazish kerak. Shunday bo‘lsa-da, tez yordam yetib kelgunicha bemorga biroz yordam berishingiz mumkin:

Jabrlanuvchining boshini baland yostiqqa qo‘yib, nafas olishga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan kamar va ko‘ylak tugmalari kabilarni yeching.

  1. Agar bemor hushini yo‘qotgan bo‘lsa, uning boshini yon tomonga o‘girib, tilini tortib bosib turing;
  2. Xonaga toza havo kirishi uchun derazani oching;
  3. Bemorning ko‘ngli ayniyotgan bo‘lsa, uning boshini yon tomonga o‘giring va pastki jag‘ ostiga biror idish qo‘ying. Shunda qusuq massalari nafas yo‘llariga tushmaydi. Bemor qayt qilib bo‘lganidan keyin taom qoldiqlariga tiqilib qolmasligi uchun og‘zini tozalang;
  4. Quloqning yumshoq joylarini artish, romashka dimlamasi berish. Insultga qarshi har qanday xalq tabobati vositalarini unuting, ularning hech biri yordam bermaydi.

Insultni aniqlashning eng tezkor usuli

  • Bemordan tabassum qilishni so‘rang. Insultda tabassum to‘laqonli chiqmaydi;
  • Bemordan bir vaqtning o‘zida ikki qo‘lini tepaga ko‘tarishga va hech bo‘lmaganda 5 soniya shu holatda qolishni so‘rang. Insultda bir qo‘l pastga tushadi.

Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 283 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |