Главная » 2020 » Март » 21 » Italiyada 1 sutkada koronavirus qurbonlari rekord miqdorga yetdi
11:19

Italiyada 1 sutkada koronavirus qurbonlari rekord miqdorga yetdi


Italiyada koronavirus sababli bir sutkada 627 kishi vafot etdi. Bu bir sutkada Xitoyda vafot etganlar rekordidan ham oshib ketdi. Bu haqda Italiya fuqarolik muhofazasi xizmati rahbari Anjelo Borrelli xabar qildi.

"Afsuski, biz 627 nafar qurbon berdik. Ular koronavirus sabab halok bo‘ldilar", dedi Borrelli.

Mulozimning aytishicha, bir sutkada 4670 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. Mamlakatda 38000 bemor koronavirusga chalingan, 5129 nafari sog‘ayib ketgan, 4032 kishi vafot etgan.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 5714 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя