Главная » 2020 » Февраль » 12 » Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi
21:09

Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi


Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish mo‘ljallangan

Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

2020 yil 1 avgustga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

kambag‘allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan metodologiya ishlab chiqish;

aholi, ayniqsa yoshlar va ayollarda tadbirkorlik va biznes yuritishning zamonaviy ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar;

tadbirkorlik tashabbuslarini, eng avvalo, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga ko‘maklashuvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlari;

tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy resurslar, jumladan mikromoliyalash xizmatlaridan keng foydalanishi, shuningdek, davlat xaridlarida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

band bo‘lmagan aholini qayta tayyorlash va ishsiz fuqarolarni zarur kasblarga o‘qitish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirish;

Farg‘ona vodiysining 22 ta qishloq tumanida aholi o‘rtasida zamonaviy ishbilarmonlik va biznes ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha boshlangan ijobiy tajribani barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.


Manba: "kun.uz"
Просмотров: 704 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя