Главная » 2020 » Март » 23 » Karantin vaqtida avtomobili bor fuqarolarga taksichilik qilish uchun litsenziya beriladmi?
12:46

Karantin vaqtida avtomobili bor fuqarolarga taksichilik qilish uchun litsenziya beriladmi?


O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelgani sababli mamlakatda karantin e’lon qilinib, qator cheklovlar o‘rnatildi. Xususan, Toshkentda joriy yilning 22 martidan barcha turdagi jamoat transportining harakati to‘xtatildi.

Jamoat transportining to‘xtatilishi aholi orasida qator savollar tug‘ildi. Shunday savollardan biri jamoat transporti va marshrutlar to‘xtatilishi oqibatida davlat tashkilotlari xodimlari uchun yuzaga keladigan qo‘shimcha noqulayliklarga karshi qanday chora ko‘rilishi haqida bo‘ldi.

O‘zbekiston Transport vazirining matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov ushbu savollarga javob berdi.

“Jamoat transporti vaqtincha to‘xtatilgan munosabati bilan davlat tashkilotlari xodimlari uchun maxsus navbatchi avtobuslar tashkil qilindi”, dedi Ashurmatov.

Ko‘pchilikni qiziqtirgan “transport muammosini zudlik bilan bartaraf etish uchun shaxsiy avtomobili bor fuqarolarga vaqtinchalik litsenziya berish masalasi ko‘rib chiqilganmi”, degan savolga ham javob berildi.

“Har bir fuqaro qonuniy taksi faoliyati bilan shug‘ullanishni istasa, yo‘nalishsiz taksi firmalariga murojaat etib 4-5 soat mobaynida o‘z xizmatini qonuniylashtirib, litsenziya olishi mumkin”, dedi Ashurmatov.

Eslatim o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 1149 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя