Главная » 2020 » Январь » 9 » Komaga olib keladigan 8 holat
21:11

Komaga olib keladigan 8 holat


Inson bu holatda bir yildan ortiq vaqt o‘tkazsa, qayta uyg‘onishi deyarli dargumon.

Koma nima o‘zi va uning alomatlari qanday?

Qadimgi yunon tilidan olingan «koma» so‘zi «chuqur uyqu» deb tarjima qilinadi. Tashqaridan qaraganda bu uzoq vaqt davom etadigan ongsiz holat haqiqatan ham uyquga o‘xshaydi. Biroq, sezilarli farqlar ham mavjud.

Komaning asosiy belgilari:

  • Yumilgan ko‘zlar.
  • Uyg‘otish imkonsizligi — bemor turtish va ismi bilan chaqirishlarga hech qanday munosabat bildirmaydi.
  • Qorachiqlar yorug‘likka ta'sir bildirmaydi. Bu bosh miya naychalari refleksi shikastlanishi belgisidir. 
  • Og‘riqni sezmaydi.
  • Oyoq-qo‘llar harakatsiz. Faqatgina refleksli harakatlar mavjud. 
  • Nafas olish davom etadi, ammo zo‘rg‘a seziladi, tartibsiz, nafas olish va nafas chiqarish o‘rtasidagi uzoq tanaffus kuzatiladi. 

Qachon tez yordam chaqirish kerak?

Doim! Koma o‘lim darajasidagi halokatli favqulodda vaziyat deganidir: inson istalgan soniyada hayotdan ko‘z yumishi mumkin.

Agar yuqorida ko‘rsatilgan alomatlar paydo bo‘lsa, darhol tez tibbiy xizmat raqamini tering — O‘zbekistonda 103; Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belarus Respublikasi, Qozog‘istonda 103 yoki 112;  Yevropada yagona raqam — 112. 

Komaga olib keluvchi holatlar

Komaning asosiy sababi miyaga jiddiy zarar yetishidir, bu uning faoliyatiga jiddiy ta'sir qiladi. Bu, o‘z navbatida, turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Quyida nisbatan keng tarqalgan omillarni keltirib o‘tamiz. 

1. Bosh miya jarohati
Muvaffaqiyatsiz yiqilish (masalan,  velosipedda yoki chang‘ida uchganda), yo‘l-transport hodisasi, boshga zarba yetkazish — bu holatlarning har biri komaga olib kelishi mumkin. 

Gap shundaki, jarohat bilan qon ketish yoki shish paydo bo‘ladi. Bosh suyak kosasi ichidagi ortiqcha suyuqlik miya tomiriga bosimni oshiradi. Natijada ong uchun javobgar bo‘lgan bo‘limlar zarar ko‘rishi mumkin.

2. Insult
Koma holatlarining 50 foizidan ko‘pi miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) bosh miya jarohati bilan birga kuzatilishi oqibatida yuzaga keladi. 

Insult miyaning bir qismiga kislorod va ozuqaviy moddalar yetib kelishi to‘xtab qoladigan va natijada miya so‘lishi kuzatiladigan arteriyalar qisilishi yoki qon tomiri yorilishida yuzaga kelishi mumkin.

3. Qandli diabet
Qandli diabet bilan qonda shakar darajasi ko‘tarilishi xavfi ortadi. Glyukoza miqdori juda yuqori (giperglikemiya) yoki aksincha, pastligi (gipoglikemiya) diabetik komaga olib kelishi mumkin.

4. Kislorodning o‘tkir yetishmasligi
Ushbu omil miya shishiga, shuningdek oqibatda uning hujayralari o‘limiga olib keladi. Shu sababli, cho‘kish (hatto cho‘kkan kishi suvdan chiqarib olingan va yurak-o‘pka reanimatsiyasi o‘tkazilgan bo‘lsa ham) yoki yurak xurujidan (hatto yurak urishi va miyaga qon ta'minoti tiklangan bo‘lsa ham) inson komaga tushib qolishi mumkin. 

5. Infeksiyalar
Ensefalit va meningit kabi infeksiyalar miya, orqa miya yoki atrofdagi to‘qimalar shishiga olib kelishi mumkin. Og‘ir holatlarda bu komaga tushiradi. 

6. Zaharlanish
Agar organizm toksinlarni chiqarib yuborishga ulgurmasa, bu miya zaharlanishiga va neyronlar o‘limiga olib keladi, natija ba'zida komaga aylanadi.

Tanaga tashqaridan kiradigan is gazi yoki qo‘rg‘oshin shu kabi toksinlar qatoriga kiradi, shuningdek ko‘p miqdorda iste'mol qilingan spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar. Ba'zi kasalliklar ham miya zaharlanishiga olib keladi. Masalan, jigar xastaliklarida organizmda toksik ammiak to‘planishi mumkin, astmada karbonat angidrid, buyrak yetishmovchiligida karbamid. 

7. Tomir tortishishi (sudoroga)
Bir marta tutilish kamdan-kam hollarda komaga sabab bo‘ladi. Ammo muntazam kuzatilishi — epileptik holat deb ataladigan turi — miyaning og‘ir shikastlanishiga va «chuqur uyqu»ga olib kelishi mumkin. 

8. O‘simta
Gap miya va uning naychalarida rivojlanadigan o‘simtalar haqida bormoqda. 

Komada qancha vaqt qolish mumkin?

Bu miya qay darajada og‘ir shikastlanganiga bog‘liq. Komaning ba'zi holatlaridan chiqish mumkin. Masalan, diabetik turida — odamni hayotga qaytarish uchun qondagi shakar miqdorini imkon qadar tezroq normallashtirish kifoya. 

Umuman olganda, komaning bir necha haftadan ko‘proq davom etishi kam kuzatiladi. Uzoq vaqt davomida hushsiz bo‘lib qolgan odamlar, ko‘pincha barqaror vegetativ holatga tushadi. Bu shuni anglatadiki, tana tirik va o‘zini yaxshi his qiladi (o‘lim xavfi kuzatilmaydi), ammo yuqori aqliy faoliyat yo‘q — odam hushsiz holatda qolishda davom etadi. 

Bir yildan ko‘proq vaqt davomida barqaror vegetativ holatda bo‘lgan odamlar uyg‘onish ehtimolini yo‘qotishadi.

Komadagi odamga qanday yordam berish kerak?

Faqat bir yo‘li bor: tez tibbiy yordam chaqiring. Keyingi davolanish shifokorlar tomonidan belgilanadi va bu komaning sabablariga bog‘liq bo‘ladi. 

Masalan, infeksiyalarda antibiotiklar buyuriladi. Shish yoki o‘smada jarrohlik yo‘li bilan miyaga kuzatilgan bosim bartaraf etiladi. Tortishishlarda tortishish faoliyatini kamaytiradigan dorilar buyuriladi. 

Ba'zida bunday davolash tezda yordam beradi va bir necha soat yoki kun ichida hushiga keladi. Keyin vaqt o‘tishi bilan u to‘liq tiklanib oladi. 

Ammo bunga kafolat yo‘q. Jabrlanuvchi dori yoki operatsiyadan keyin ham komadan chiqa olmasligi mumkin. Bunday holda faqat kutish mumkin va davolash organizm hayotini saqlab qolishga qaratiladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 109 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |