Главная » 2020 » Январь » 3 » Kontrakt to‘lovi uchun o‘tkaziladigan ish haqiga soliq imtiyozi endi talabaning turmush o‘rtog‘iga ham qo‘llaniladi
21:57

Kontrakt to‘lovi uchun o‘tkaziladigan ish haqiga soliq imtiyozi endi talabaning turmush o‘rtog‘iga ham qo‘llaniladi


Kontrakt to‘lovi uchun o‘tkaziladigan ish haqiga soliq imtiyozi endilikda talabaning turmush o‘rtog‘iga ham qo‘llaniladigan bo‘ldi. 

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida talabalarning OTM kontraktlariga o‘tkaziladigan ish haqiga oid imtiyoz saqlab qolindi. Shuningdek, mazkur imtiyoz qo‘llaniladigan shaxslar doirasi kengaytirilib, unga talabaning turmush o‘rtog‘i (er yoki xotin) ham kiritilgan. 

Eski tahrirdagi Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandiga ko‘ra, fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida ta'lim olish uchun (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining o‘qishi uchun) yo‘naltiriladigan summalari daromad solig‘idan ozod qilinar edi.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida ta'lim olish (o‘zining, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta'lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 100 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |