Главная » 2020 » Март » 23 » Koronavirus poyabzal orqali uyga kiradi degan gap qanchalik asosli?
15:25

Koronavirus poyabzal orqali uyga kiradi degan gap qanchalik asosli?


Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus uyga poyabzallar orqali ham kirib borishi mumkin, degan ma’lumotlar paydo bo‘ldi. 

Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining (Chinese Center for Disease Control and Prevention) tahlilchisi Fen Lu Chjaoning so‘zlariga ko‘ra, Covid-19 virusi, asosan, havo tomchilari orqali yuqadi.
 

- Tomchilar yerga tushganidan so‘ng, poyabzallar tomonidan ushlangan virus miqdori juda ham kam miqdorni tashkil etadi. Kundalik hayotda oyoq kiyim tagligini dezinfeksiyalashga hojat yo‘q”, dedi tahlilchi.

Avvalroq, koronavirus bilan bog‘liq umumiy vaziyatda aholi uchun immunitetni saqlash eng muhim omilligi, shu bois, karantin vaqtida qanday mahsulotlar iste’moliga e’tibor qaratish lozimligi haqida ma’lum qilgan edik.

Ayni kunga kelib jahonda koronavirusga chalinganlar soni 347 151 kishiga yetdi. 97 932 nafar bemor shifo topgan bo‘lsa, 14 786 nafari hayotdan ko‘z yumdi.

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | Просмотров: 2190 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя