Главная » 2020 » Февраль » 9 » Koronavirus qurbonlari soni atipik zotiljamdan vafot etganlar sonidan oshib ketdi
09:30

Koronavirus qurbonlari soni atipik zotiljamdan vafot etganlar sonidan oshib ketdi


Yangi turdagi koronavirus qurbonlari soni bir oydan sal ko‘proq vaqt ichida 2002-2003 yillarda avj olgan atipik zotiljam (SARS) epidemiyasi qurbonlari sonidan oshib ketdi.

8 fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 89 nafarga ko‘payib, 811 nafarga yetdi.

Virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida 81 kishi, Xenanda 2 kishi, Xebey, Xeylunszyan, Anxuey, Shandun, Xunan va Guansi-Chjuan provinsiyalarida bir kishidan vafot etgan.  

Kasallanganlar soni 37198 nafarga yetgan, 2649 kishi sog‘ayib ketgan.

Xitoydan tashqarida Hongkong va Filippinda bittadan o‘lim holati qayd qilingan.

Bir kun avval Xitoyda virus qurbonlari soni 722 nafarni, kasallanganlar 34,5 ming nafarni tashkil qilayotgani ma'lum qilingandi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2003 yil 31 dekabrga ko‘ra, SARS’dan o‘lim holatlari deyarli 30 davlatda qayd qilinib, qurbonlar soni 774 nafarni tashkil qilgan.   


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 1589 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя