Главная » 2020 » Февраль » 5 » Koronavirus vahimasi: AliExpress’dan mahsulot buyurtma qilish xavflimi yoki yo‘q?
22:07

Koronavirus vahimasi: AliExpress’dan mahsulot buyurtma qilish xavflimi yoki yo‘q?


Koronavirus tufayli butun dunyo vahimaga tushgan. Hozir hamma bu haqda yozmoqda. Ko‘pchilik AliExpress’dan buyurtma berishga ham qo‘rqib qoldi. Ba’zi jihatlarga ko‘ra ular nohaq. Kutilmagan joydan xavf paydo bo‘ldi-yu, odamlar ikkilanib qoldi. Ba’zilar telefon, smartfon uchun qoplamalar, kabellar va uy uchun boshqa kichik buyumlarni sotib olish mumkinmi, deb so‘rashda davom etmoqda. Ular o‘z odatlaridan voz kechishga tayyor emas yoki hamyonbop narxda o‘z shahridan shunday narsalarni topolmaydi. 

AliExpress’dan buyurtma qilganda virus yuqtirish xavfi bormi?

Bu savolga javob berish uchun ilm-fanga murojaat qilish kerak. Avvalo, umuman virus nimaligini esdan chiqarmaslik zarur. Bu murakkab hayot shakli bo‘lib, uning vazifasi o‘z DNKsini tirik organizm yoki o‘simlik hujayrasiga kiritishdir. Shundan so‘ng, hujayra o‘lishi yoki virus tashuvchisiga aylanishi mumkin. Virus mag‘lub bo‘lsa, u kuchini yo‘qotadi, organizm DNKsiga kirib, boshqa tanalarga o‘tadi.

Aytilganlardan ma’lum bo‘ladiki, virus mavjud bo‘lishi uchun tirik to‘qima kerak. Aynan undan virus o‘z faoliyati va ko‘payishi uchun oqsil oladi. Qulay muhit bo‘lmasa, ko‘pchilik viruslar bir kun ham yashay olmaydi. Kamdan-kam hollarda tirik qolish muddati bir necha kunga uzayishi mumkin. Agar buyumda tupuk, tirik organizm to‘qimalari yoki qon kabi biologik izlar mavjud bo‘lsa virusning umr ko‘rish davomiyligi oshishi mumkin, ammo bu uzoqqa cho‘zilmaydi.

Bundan tashqari, virusning “umr ko‘rish davomiyligi” harorat o‘zgarishlari, namlik o‘zgarishi va kimyoviy moddalar ta’siri, masalan, mahsulotlarni qadoqlash bilan bog‘liq omillarga bog‘liq. Bularning barchasi virusga halokatli ta’sir qiladi va uning hayot siklini qisqartiradi.
 
Yuqorida aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, eng qulay sharoitda ham virus umri ozuqaviy muhitdan tashqarida bir haftadan ko‘proq davom etadi. Endi aytingchi,  buyurtmalaringiz bir haftadan kamroq vaqt ichida yetib kelgan paytlarni eslay olasizmi? Xulosa oddiy – Xitoydan buyurtmalar qilish xavfsiz. Biroq, bitta “lekin”i bor.


Epidemiya davrida AliExpress’dan buyurtmalarning yetib kelish muddati qancha? 

Vaziyat xavfsizdek tuyulsa-da, unchalik optimist bo‘lmasligingiz kerak va ayni paytda o‘zingizni xavfga qo‘yib, mahsulot buyurtma qilayotganingizni tushunishingiz maqsadga muvofiq. Virusni yuqtirish ehtimoli juda oz bo‘lsa-da, u mavjud. Ehtimol, xaridlarni kechiktirb turishingiz kerakdir.

Bundan tashqari, hozirda buyurtma berishda yoqimsiz bir holat mavjud. Xavfsizlik choralari, Xitoyda ishchilarning yetishmasligi va boshqa ko‘plab omillar tufayli mahsulotlarni yetkazib berish muddati avvalgidan-da cho‘zilishi mumkin. Ehtimol, bir necha oyga.

Hatto, xitoylik sotuvchilar yanvar oyi oxirida mijozlardan buyurtmalarni bekor qilishlarini so‘ragan holatlar ham bo‘ldi. Chunki, ular o‘z vaqtida yetkazib berishni kafolatlay olmaydi. Bu sotuvchi uchun keraksiz xarajatlar bo‘lish bilan birga, tortishuv va da’volar yuzaga keltiruvchi bosh og‘riq hamdir.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 582 | Добавил: admin7007 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя